203
S.Ya.Marshak 1897- yilda Ostrogoj gimnaziyasiga o‗qishga kiradi. Bu yerda
bo‗lajak shoir o‗z zamonasining yetuk san‘atkorlari bilan yaqindan tanishadi.
Marshakning ijodiy faoliyati shu yerda chechak otadi. 1906-yildan boshlab
feletonlari, she‘r hamda tarjimalari bilan matbuotda chiqa boshlaydi.
S.Ya.Marshak 1912-yilda Angliyaga jo‗naydi. London universitetining san‘at
fakultetiga o‗qishga kiradi. Ta‘til kunlari u mamlakatning diqqatga sazovor
joylarini yayov kezib tomosha qiladi: baliqchilar bilan dengizda sayr qiladi,
qishloq maktablarida bo‗ladi. Ingliz xalq qo‗shiqlarini, ertaklarini sevib tinglaydi.
Bu yerda Marshak V. Bleyk, Robindranat Tagor va boshqalarning she‘r va
poemalarini ingliz tilidan tarjima qiladi.
1914-yilda Rossiyaga qaytib kelgan Marshakning hayoti bolalar olami bilan
chambarchasbog‗lanib ketadi. U 1915-22-yillarda
bolalar uylarida tarbiyachi,
o‗qituvchi bo‗lib ishlaydi. Bu Marshakning bolalar shoiri bo‗lib kamol topishida
katta rol o‗ynaydi.
S.Ya.Marshak 20-yillarda o‗zining she‘r, ertak va poemalari bilan
kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi.‖Qaerda ovqatlanding, ey
chumchuq‖,‖Axmoq sichqoncha haqida ertak‖, ―Kecha va bugun‖, ―Sirk‖ va
boshqa shu kabi mashhur asarlari o‗sha yillarda maydonga kelgan edi.
1939-yilda Marshakning ―Petya nimadan qo‗rqar edi?‖, ―Korablcha‖ singari
mashhur she‘rlari bosilib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushi davrida shoir ijodining asosiy qismini urush,
bosqinchilarga qarshi kurash mavzusi tashkil etadi. Ayniqsa, 1943-yilda yaratilgan
―O‗n ikki oy‖ nomli ertak-dramasi tez orada millionlab yosh kitobxonlar orasida
mashhur bo‗lib ketdi.
―Har qanday bolalar adabiyotida ikki yosh mavjud bo‗ladi, u olamga bolalar
nigohi bilan qaraydi, ammo uni kattalardek idrok qiladi, aql-tajribasiga suyanib ish
ko‗radi‖,-degan shoir
bir umr bolalrni sevdi, ular uchun g‗oyaviy–badiiy yuksak
asarlar yaratish uchun tinmay ijodiy ish olib bordi.
S.Ya. Marshakning nomini olamga yoygan,bolalar shoiri sifatida tanitgan
she‘rlaridan biri «Ahmoq sichqoncha haqida ertak» dir.
204
Bu ertakda shoir bolalar hayoti va xarakteriga mos bo‗lgan qiziqrli syujet
topa olgan. Kimki o‗ziga ortiqcha oro bersa, oqibatini o‗ylamay ko‗r-ko‗rona ish
tutsa, o‗zidan kattalarning pand-nasihatlariga amal qilmasa, hayotda ko‗p
narsa
yutqazadi, o‗z baxtini qo‗ldan boy beradi, degan fikr ertakning asosiy g‗oyaviy
mazmunini tashkil etadi.
Kichkintoylarning otaxon shoiri S.Ya.Marshak bu asarda turli hayvon va
jonivorlar misolida ularning yashash sharoitlari, tovushlari,
qolaversa, yemak
ovqatlari bilan ham yosh kitobxonlarni oshna qiladi.
S.Ya.Marshak ―Yong‗in‖, ―Pochta‖, ―Musobaqalar doskasi‖ asarlari bilan
ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‗shdi.
S.Ya.Marshak yaratgan juda ko‗p qahramonlarni o‗zi shaxsan tanigan,
bilgan yoki eshitgan bo‗ladi, ba‘zan esa gazeta materiallari asosida yaratadi.
Binobarin, bu qahramonlarning, albatta, hayotiy prototiplari mavjud.
Jumladan,
student V. Burskiy, (―Noma‘lum qahramon haqida qissa‖), Katya Budanova
(―Katya Budanova‖), Seryoja Smirnov (―Sizning kitobingizni qanday nashr
qiladilar?‖) va boshqalar shunday qahramonlar sirasiga kiradi.SHoir ―Noma‘lum
qahramon haqida qissa‖ poemasida oddiygina hayotiy bir voqeani aks ettirish
bilan 30-yillar rus bolalar dostonchiligida ijobiy qahramon qiyofasini yaratish
yo‗llarini ko‗rsatib berdi.
S.Ya. Marshak Rossiyada hayot kechirayotgan
har bir kishi bir-biriga
mehribon, jonkuyar, shuningdek, vaqti kelganda mardlik, jasorat ko‗rsatishga
tayyor ekanliklarini, ayni paytda oddiy, kamtarin, o‗zlarining qo‗lga kiritgan ulkan
muvaffaqiyatlari, erishgan jasoratlari
bilan kerilmasliklarini, manmanlikka
berilmasliklarini, oddiy hayotiy detal –o‗t ichida qolgan bir qizchaning hayotini
saqlab qolgan bir bola misolida tasvirlab beradi. Bola, mana, ko‗rib qo‗yinglar,
men jasorat ko‗rsatdim, deya ko‗kragiga urib maqtanish o‗rniga, tezgina odamlar
orasiga kirib, ko‗zdan g‗oyib bo‗ladi. Bu qahramonni keyinchalik barcha
qidiradi. Lekin hech kim topa olmaydi.
Hozir ham o‗quvchilar orasida maktab mol-mulkini asrab-avaylab
tutmaydiganlari topilib turadi. Bunday bolalarga shoir o‗zining ―Stol
kelgan
205
qaerdan?‖ degan she‘rida maktab jihozlari o‗z-o‗zidan paydo bo‗lib
qolmaganligini, buning uchun kattalarning qanchadan - qancha vaqtlari,
mehnatlari sarf etilganligini tushuntirib beradi.
―Marshak bizning bolalar adabiyotimizning asoschisi va bilimdoni,‖ - deb
yozgan edi M.Gorkiy. Bunday yuksak maqtovga Marshak halol mehnati,
kichkintoylarni astoydil sevishi, ardoqlashi sababli erishdi.
Dostları ilə paylaş: