190
yaratgan ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarli bo‗lish bilan birga o‗quvchilar
xotirasida uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ham ega.
Andersen ertaklarida ko‗pincha bosh qahramon shahzoda ham emas, malika
ham emas, balki oddiy mehnatkash xalqdir. Ular o‗zlarining samarali mehnati, aql-
idroki, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga muvaffaq bo‗ladilar. Uning
―Qo‗ng‗iroqli girdob‖, ―Kolbasa sixidan sho‗rva‖, ―Go‗ngi qo‗ng‗iz‖
va boshqa
ertaklari fikrimizga yorqin misol bo‗la oladi. Ertakchining ―Qo‗ng‗iroqli girdob‖
asarini olib ko‗raylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, og‗ir mehnat va zulmdan
tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakening o‗z xojasiga qarshi turishi
kitobxonni quvontiradi.
―Bolalar gurungi‖ asarida avvaldan hech kim taqdirini, kichkintoy o‗sib-
ulg‗aygach kim bo‗lib yetishishini bilishi mumkin emasligini, bu ko‗proq o‗sha
bolaning o‗ziga,
intilishiga, kattalarning ibratomuz pand-nasihatlariga quloq
solishga bog‗liq ekanligini o‗qiymiz.
SHohona qasrga to‗plangan bir to‗da bashang kiyingan aslzoda bolakaylar
qasrni to‗ldirib maqtanishar, ota-onalarining hisobsiz boyliklari bilan quvonishar,
kelajakda ota-onalaridan ham badavlatroq bo‗lish uchun
harakat qilishlarini kibor
bilan ta‘kidlashar edilar. Bu boy-badavlat bolalarning bir-birlariga gap bermay
maqtanishlarini yirtiq-yamoq kiyim kiyib olgan bir kambag‗al bola tinglab,
xo‗rsinar, ―bularga yetish bizga yo‗l bo‗lsin‖, deb qo‗yar edi, o‗zicha.
Yillar o‗tib o‗sha juldur kiyimli bola yaxshi o‗qib, rassom bo‗lib yetishdi,
mamlakatda eng boy odamlardan biriga aylandi, o‗ziga munosib bir qasr qurdirdi.
―Qasr hamda uning ichidagi xazinani ko‗rish‖ni hamma istardi.
Ertakchining ―No‗xat ustidagi malika‖asari ham yosh kitobxonning kulgusini
qistadi, ham tannoz malikaga qahr-g‗azabini qo‗zg‗atadi.
Bir shahzoda haqiqiy malikaga uylanish uchun butun yer yuzini,
shahar-u
qishloqlarni qidirib hech qaerdan haqiqiy malikani topa olmaydi. Hafsalasi pir
bo‗lgan, tarvuzi qo‗ltig‗idan tushgan shahzoda qasrga qaytadi.
Kunlardan bir kun ko‗z ko‗rib, quloq eshitmagan mo‗‘jiza yuz beradi:
191
―Bir oqshom havo aynigandan aynibdi: shundoq chaqmoq chaqib,
momaqaldiroq gulduros solibdi, yomg‗ir chunonam chelaklab quyib beribdiki,
dahshatning o‗zginasi.
To‗satdan qasr darvozasi taqillab qoldi. Keksa qirol borib darvozini ochibdi.
Darvozada malika turardi. Yo qudratingdan, uni nimaga o‗xshatish mumkin!
Suv
malikaning sochlari, ko‗ylaklaridan sharillab oqib, to‗ppa-to‗g‗ri
boshmoqlarining uchlariga, tovonlariga tushardi, u bo‗lsa pinagini buzmay,‖Men
haqiqiy malikaning xuddi o‗ziman, derdi‖ .
Malikani sinab ko‗rish ishlari ham g‗alati bo‗ldi. Tunda qirq qavat ko‗rpa
ostiga no‗xatni yashirib joy solib berdilar. Tannoz oqbilak qiz ertalab o‗rnidan
turar ekan, ―qanday uxlab turdingiz?‖ deyilgan savolga
nolish ichki dard bilan
javob berdi:
―Ey juda yomon!-deydi u. –Ko‗zimni yummadim desam ham bo‗ladi. Men
qandaydir qattiq narsaning ustida yotdim, butun a‘zoyi badanim ko‗karib ketdi.
Naqadar dahshat!‖
Shahzoda qizning haqiqiy malika ekanligini bilib, unga uylanadi.
Bolalar, odatda, hayvonlar,parrandalar, hashoratlar haqidagi ertaklarni sevib
o‗qiydilar. Andersen yaratgan ertaklarning juda ko‗pchiligi ana shu mavzuni
qamrab olishi bilan ham xarakterlidir.
―Dyumovichka‖, ―Irkit o‗rdakcha‖, ―Botqoqlik shohining qizi‖, ―Baqa‖,
―Burga bilan professor‖ singari ertaklari o‗zbek kitobxonlarining
ham sevimli
asarlariga aylanib ketgan.
Xullas, daniya ertakchisi Hans Kristian Andersenning ijodi uzoq yillardan
beri yoshkitobxonlarga zavq-shavq bag‗ishlab kelmoqda
Dostları ilə paylaş: