O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76
fayl 1491 20210818

KITOBNI KO„P O„QIYDIGAN UKAM 
Kitobni ko‗p o‗qiydigan ukam 
Nimagadir juda ham kamgap. 
Kitobni ko‗p o‗qiydigan ukam 
She‘rlar yozar onamga atab. 
Kitobni ko‗p o‗qiydigan ukam 
O‗yga tolar ba‘zida uzun 
Va shivirlar: — Hali kelmabdi 
Suvlar suvga o‗xshaydigan kun. 
Kitobni ko‗p o‗qiydigan ukam 
Bir kun menga shundayin dedi: 
—Oq mo‗ynali qalpog‗ingiz ham 
Quyon edi, joni bor edi. 
— Bunaqangi jumboq gaplarni 
Qaydan o‗ylab topasan? — desam, 
Bosh chayqar-da, „uf― tortib qo‗yar, 
Kitobni ko‗p o‗qiydigan ukam. 
 


182 
YOMG„IR 
Tunlari kuladigan 
Gullar ekan yulduzlar. 
Ko‗zga ko‗rinmas ekan 
Shu boisdan kunduzlar. 
Oftob bilan Oymoma 
Ota-yu ona ekan. 
Bolalarin boshida 
Doim parvona ekan. 
Bolalari kim dersiz 
Kun va Oyni sizlar ham. 
Menga ishonavering, 
Ular Bulutlar desam. 
Bulutlar ham bizlardek 
O‗ynar, uxlar, tush ko‗rar. 
Dengiz-u ummonlarda 
Cho‗milmoqni xush ko‗rar. 
Bas, suvdan chiqing, deya 
Koyimasa ham hech kim
Yuvar yuz-qo‗llarini 
Ular goh chala-yarim. 
Bundan ranjib Oftobjon 
Egniga peshband tutar. 
Farzandlarin bir joyga 
To‗planishlarin kutar. 
Bulutvoylar g‗o‗ldirab, 
Yo‗talishsa ham „quv-quv―, 
Ularning ust-boshidan 
Quyosh quyar tinmay suv. 
Ko‗ngli to‗lsa-ku xo‗p-xo‗p, 
Yo‗qsa: quyar tunda Oy. 
Natijada tevarak 
Bo‗lib ketar ho‗l va loy... 
Uydan chiqmay shu kezlar 
Derazadan bo‗ylaymiz. 
Eng qizig‗i, bu suvni 
Biz yomg‗ir deb o‗ylaymiz. 
 


183 
Darsni mustahkamlash uchun savollar 
1.Shoirning hayoti va ijodi haqida gapirib bering. 
2. Hamza Imonberdievning «Tarbiyachi» asari qanday tarbiyaviy ahamiyatga ega? 
3.Shoirning o‗qish, odob haqidagi qaysi asarlarini bilasiz? 
4.Abdurahmon Akbar ning hayoti va ijodini so`zlab bering. 
5. Uning Vatan, tabiat va bolalar o‗yinlari haqidagi asarlarining o‗quvchilarga ta‘siri 
qanday? 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin