TURNALAR
Dovul turib dengizda
Havo tamom buzildi,
Kechga borib turnalar
Safl bexos uzildi.
Qolib ketdi bir turna
Dosh berolmay jalaga.
Qirrovlari yetmadi
Bee‘tibor galaga.
Xavotirda onasi
Safdan chiqar qayrilib.
Qayoqqa ham borardi
Dilbandidan ayrilib.
Qushlar charchab-horigan,
Tugab borar kuch-sabot.
Tortmoqchiday domiga
Toiqinlar sapchir bot-bot.
Azoblardan qushchaning
Ko‗zlarida yosh qotdi.
—Chidolmayman, onajon,
Qanotlarim tosh qotdi.
Netardi onayizor
Yuragin o‘rtar bu sas:
—Yana biroz sabr qil,
Sabr qil, bolam, birpas.
Ko‗p o‗tmay ufq bo‗zarib
Jala ham tindi asta,
Alg‗ov-dalg‗ovli borliq
Tinchib qoldi birpasda.
Yotar dengiz yastanib,
Na boshi, na cheki bor.
Dengiz uzra tumalar
Uchib borar bemador.
Shu choq olisda yolg‗iz
178
Kema ko‗zga chalindi.
Shod qirrovlab turnacha
Onasiga yalindi:
— Uchaylik o‗sha yoqqa,
Tog‗-qoyaga o‗xshaydi.
— Yo‗q! yo‗q! Bu — suzar orol,
Qanotsizlar yashaydi.
Ular haqda avlodlar
Biror xush so‗z aytmagan.
Ularga yaqinlashgan
Hech vaqt omon qaytmagan.
Yo‗q, quloqsiz turnacha
Ilmayin ona so‗zin,
Uchib ketdi suzuvchi' —
Oroldan uzmay ko‗zi».
Ona tuma qirrovi
Ko‗kni tutar bu damlar:
— Ojizlarmiz,
sizlarga
Insof bersin,
odamlar!
Abdurahmon Akbar. 1962-yilda Yangiyo‗l tumani
Niyozbosh qishlog‗ida tavallud topgan. U 1987-yilda
hozirgi Mirzo Ulug‗bek nomidagi O‗zbekiston Milliy
universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. A. Akbar
«Kichkintoy va paxtaoy», «Ehtiyotkor toshbaqa»,
«Uyquchining tushlari» kabi o‗ndan ortiq she‘riy kitoblar
muallifi. Kichkintoylar dunyoni o‗zgacha idrok qiladilar.
Kattalar uchun oddiy tuyulgan narsalar ular ko‗z o‗ngida
fojiali ko‗rinishi, kattalar uchun og‗riqli va armonli tuyulgan
yechilmas masalalar esa ular nazarida oddiy, yechimini
topishi qiyin emas. Masalan, mana bu she‘riy parchadagi
kabi:
Meni ko‗rsa tog‗amning ko‗zlariga yosh kelar,
Botirim, polvonim deb opichlab yurar uzoq.
179
Yoshi dadajonimdan ancha kichik bo‗lsa-da,
G‗o‗zasi kabi rangpar, paxtasidek sochi oq.
Ona, tog‗amning nega bitta ham bolasi yo‗q?
Qiliqlari, yuzlari menga rosa o‗xshaydi,
Menga o‗xshab arazchi, menga o‗xshab hazilkash.
Ammo bitta gapiga sira tushunolmayman,
Nimaydi, ha, «Bunchalar, bunchalar qiyin yashash?»
Ona, tog‗amning nega bitta ham bolasi yo‗q?
Shoir «Qo‗rqqanga qo‗sha ko‗rinar» nomli she‘rida bolakaylarni mard, botir va
ziyrak bo‗lishga da‘vat etadi:
Kech kirib, ko‗kda hali
Oy kezmagan pallada,
Norni kuchuk quvlabdi
Sukut to‗la dalada.
Adabiyotshunos Rahmatilla Barakaevning Abdurahmon Akbar ijodiga bergan
bahosi ham e‘tiborga loyiq. Muallif «Istiqlol davri bolalar adabiyoti: an‘ana, vorislik va
izlanish» nomli tadqiqotida shoir ijodining quyidagi qirrasiga alohida e‘tibor qaratadi: «
Abdurahmon Akbarning mumtoz adabiyotimizdagi qofiyali nasr (saj)ni eslatuvchi
«Shoir dadam haqida she‘riy hikoyalar» turkumini she‘riy shaklga sig‗magan fikrlar
tizimi deyish to‗g‗riroq bo‗lar edi. Abdurahmon bu she‘rlari bilan bolalar
adabiyotimizga fikrlovchi, o‗ychan bola timsolini olib kirdi.
A. Akbarning shakliy izlanishlari ham e‘tiborga molik. Uning raqamli she‘rlari
kichik maktab yoshidagi bolalar she‘riyatini yangicha shakl va mazmun bilan boyitdi:
(«Salom xat»)Shoirning ijodini kuzatgan adabiyotshunos Zamira Ibrohimova
Abdurahmon Akbarning hayotiy voqea va xayoliy tasavvurlardan ta‘sirchan manzaralar
yaratgani haqida, jumladan, shunday yozadi: «Bu manzaralar xuddi aqlli farzand oilaga
fayz-baraka, ota-onaga rahmat olib kelganday, ko‗ngillarda mamnuniyat tuyg‗ularini
paydo qilib, yosh kitobxonning xayolot olamini boyitadi, kengaytiradi: o‗quvchi
chirildoqlarning sokin oqshomni to‗ldirib kuylashlarida osoyishtalik gashtini
180
anglagandek, yog‗gan yomg‗ir tomchilaridagi mo‗‘jizani tuygandek, asalari,
chumolilarning mehnatiga xos go‗zallik, fayz-ziynatni ko‗rgandek bo‗ladi».
Etti qalam, yetti rang,
Qalamdonni qo‗yatur,
Etti ohang — kamalak.
Kel, quyoshjon, tezroq kel.
Qaerlarda yuribsan,
Rasm chizib ber bizga,
Quyosh — sochi jamalak?
O‗chirg‗iching bo‗lar yel.
Qalamlaring topildi,
...Million yilki, ahvol shu,
Bulut — qog‗oz ham tayyor.
Erliklar kutib tolar.
San‘atingdan bahramand
Qalamlar bor paytda
Bo‗laylik bizlar bir bor.
Quyosh «yo‗qolib» qolar.
(«Kamalak»)
Bolalar olamida mayda va ahamiyatsiz narsalar uchramaydi, ya‘ni kattalar mutlaqo
nazarga ilmaydigan, e‘tibor bermaydigan, ular uchun ahamiyatsiz ko‗ringan narsalar bola
nazarida o‗zgacha, ajib bir qiyofada jonlanadi. Masalan, jajji Zeboxon birinchi marta
qo‗shaloq giloslarni ko‗rib, ularning o‗rtoq bo‗lib olishganidan («O‗rtoqlar») quvonadi.
Yoki Sevinchoy issiq choydan ko‗tarilayotgan bug‗ni ko‗rib «choyim uchib ketayapti»
deb («Sevinchoy haqida she‘r») hayratlanadi. Yulduzoy esa o‗ziga yoqqan fasl haqida
samimiyat bilan «Yozda yoz fasli, kuzda bo‗lsa kuz» («Eng to‗g‗ri javob») deb
ko‗nglidagini aytadi.
Abdurahmon Akbar qalamiga mansub she‘r va tarjimalarda bolalar dunyosiga
chuqurroq kirib boriladi, ularda fikr aniq va lo‗nda ifodalanadi. Asarlar tilining sodda va
ravonligi, tasvir vositalarining puxtaligi, jahon bolalar she‘riyatining eng yaxshi an‘ana
va usullarini, shakllarini o‗zida omuxta qilganligi bilan nafaqat yosh kitobxonlar, shu
bilan birga katta yoshdagi adabiyot, she‘riyat muxlislari e‘tiborini ham torta oladi.
Bolalarning barkamollikda, bugunning va kelajakning egasi ekanini his etib
ulg‗ayishlariga ko‗mak beradi.
SO„ROV
Yaproqlarning boshin silading,
Daraxtlarga o‗rgatding o‗yin.
Bulutlami „yum-yum― yig‗latding,
181
Buzib qo‗yib nogahon „to‗yin―,
Shamol, bitta yuzingni ko‗rsat.
Goh uvlaysan, goh chiyillaysan,
Seni kimdir quvlarmi bu payt?
Kayfiyating bilmay hayronman,
Xursandmisan, xafamisan, ayt,
Shamol, bitta yuzingni ko‗rsat.
Yelayapsan, jivirlar buloq,
Kelayapsan, shivirlar yaproq,
Nima bo‗lar o‗zing ko‗rsatsang,
Nahot yuzing shuncha badqovoq?
Shamol, bitta yuzingni ko‗rsat.
Bir qarasam, yo‗qqa o‗xshaysan,
Bir qarasam, o‗xshaysan borga.
Tanib qo‗yay seni ham axir,
Bir bor xo‗p de, men qilgan zorga,
Shamol, bitta yuzingni ko‗rsat!
Dostları ilə paylaş: |