O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76
fayl 1491 20210818

 
Sharl Perro (1628-1703) Buyuk 
frantsuz shoiri va tanqidchisi badiiy 
ertak asoschisi sifatida ma‘lum va 
mashhurdir. 

o‗zining 
―Qizil 
Shapkacha‖, ―Zolushka‖ va ―Etik 
kiygan mushuk‖ asarlari bilan jahonga 
taniladi.


186 
 
 
Sh. Perro badiiy ertaklar ijod 
etishda oldin xalq og‗zaki ijodini mehr 
va ishtiyoq bilan chuqur o‗rganadi. 
Shuning uchun ham u o‗z ertaklarida 
xalq udumlarini dadil ilgari suradi.
 
Perro qahramonlari o‗z mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib 
turadi. G‗arazgo‗ylik, maqtanchoqlik, qizg‗anchiqlik o‗rnini yaxshilik
mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda. Sharl Perrodan 
bor-yo‗g‗i 12 ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida 
bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning
―Etik kiygan mushuk‖ ertagini o‗qimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan 
multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak. 
Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topog‗onlik bosh masala qilib qo‗yiladi. 
Boshqa asarlarda bo‗lgani kabi SH.Perro bu ertakka ham folklor an‘analariga yana 
bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni-tegirmonchinng kenja o‗g‗li Karabs fahm-
farosat, aql bilan ish ko‗rib, o‗z murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor bo‗ladi. 
Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. 
Ularning ko‗pchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalarni sevib, erkalab, 
e‘zozlaydigan bo‗ladilar. Zolushkani ( ―Zolushka‖ ) olaylik. Uni o‗gay ona-yu 
qizlar xush ko‗rmaydilar., xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi ko‗radi. 
Uning o‗z baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda 
chiroyli, odobli, sharin so‗z, kamtarin, odamlarga, jonvor-u parrandalarga nisbatan 
mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, hallollik va poklik bilan hayotda o‗z 
o‗rnini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli bo‗lishi ertak tinglovchida 
yaxshi taassurot qoldiradi. 


187 
Sh.Perro ijodida ―Qizil Shkapkacha‖ alohida o‗rinda turadi. Ertakning ta‘sirli 
va jozibali chiqishi uchun Qizil Shapkachaning tabiiy holda ijobiy tomoniga ko‗p 
sayqal beradi, bolalar ko‗z o‗ngida u dunyodagi tengi yo‗q, juda yoqimtoy qizcha 
sifatida gavdalanadi. Bo‗rining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofasiga kirib 
olishi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qo‗zg‗atadi.
Boshqa ertaklarda bo‗lgani kabi ―Qizil Shapkacha‖da ham voqea yaxshilik 
bilan tugashi bolalarning quvonchiga quvonch qo‗shadi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin