175
„Yordamlashish―, „qarashish―,
Alg‗ov-dalg‗ov qilib so‗ng
Mumkin yigish uy ichin.
Ko‗chirish mumkin hatto
Telefonda uy ishin.
Ha, shulaming bariga
Bir soatgina darkor.
Bir
kunda bir soatdan
Yana, eh, qanchasi bor.
Harakat zo‗r bo‗lsa, vaqt
Rezinali to‗rxa!ta.
Neki tiqsang ichiga
Sig‗averar, zo‗r xalta!
OLAMOSHIM
Tokchadagi qaymoqdan
Ko‗tarmay sira boshin,
Ichayapti qarasam,
Uyalmay Olamoshim.
Avvaliga „pisht― deb bir
Quvmoq bo‗ldim-u, biroq
Rahmim kelib negadir
Tikilib qoldim uzoq.
Quloqlarin chimirib
Ichar edi bir mayin.
Beparvoligim sabab
Qomi ochgani tayin.
Oyoq uchida asta
Chiqib ketdim hovliga—
Bir
gal qaymoq yemasam
Yemabman-da, mayliga.
QO„POLLIK
Afsus, qo‗pollik qildim,
Akam urdi do‗q,
— Bor, ko‗zimga ko‗rinma,
Hech keraging yo‗q!
176
— Bilmay qoldim, ishoning,
Aka, so‗zimga.
— Bas, dedim, bas, ko‗rinma
Endi ko‗zimga.
O‗tib ketdi bunday so‗z
Jon-u tanimdan.
Ko‗zlarimga to‗lib yosh
Ketdim yonidan.
Ko‗rinmayman ko‗ziga,
Bo‗pti, ketaman.
Yolg‗iz
akam toshmehr,
Bunda netaman?!
Ha, ketaman bir o‗zim,
Bosh oqsa qayga.
Balki sharga
osilib
Uchaman oyga.
Balki minib G‗irko‗kni
Jangga kiraman.
Yog‗och qilichim sermab,
Yovni qiraman.
Dushman bilan solishib,
O‗larman oxir.
Nima
qila olardim
Akamsiz axir.
Kelib qabrim boshiga
Akam bosh egar.
Kechir meni, uka, deb
Balki yosh to‗kar.
Hech kim nobud bo‗lmagan
Mening yoshimda...
— Uka!
Boqsam turardi
Akam boshimda.
Xayollarim har
yoqqa
Sochilib ketdi.
Xufton dilim charaqlab
Ochilib ketdi.
Akam bo‗lsa
yonimda
Quvnab ketaman.