O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76
fayl 1491 20210818

CHIRMANDA QO‟SHIG‟I 


160 
Yum-yumaloq qosqonim, 
Bak-baka-bum. 
Bo‗ynimda mis marjonim, 
Bak-baka-bum. 
Menga tushar shapaloq, 
Bak-baka-bum. 
MILTIQCHA QO‟SHIG‟I 
Do‗konlarda sotilaman. 
Paq-puq. 
Yelg‗ondakam otilaman, 
Paq-puq. 
Yoqtiraman mard o‗rtoqni, 
Paq-puq. 
Cho‗chitaman lanj, qo‗rqoqni... 
Paq! Puq! 
PARVARDA 
Tug‗ilgandi Bo‗richa 
Sakkizinchi yanvarda. 
Bugun bir yil to‗libdi, 
Adashmasa agarda. 
Va‘da qildi oyisi 
Unga quyon go‗shtini. 
Va‘da qildi dadasi
Unga kiyik to‗shini. 
Bilmasa ham yosh Bo‗ri 
Dunyoning keng-torligin, 
Eshitgandi dunyoda - 
Shirinliklar borligin. 
Injiqlandi u birdan: 
«Sovga qiling parvarda
Hech bo‗lmasa yeb ko‗ray 
Sakkizinchi yanvarda». 
Taskin berdi oyisi: 
«Bolam, adir - do‗konmas». 


161 
Dadasi der: «Shaharga – 
Borib kelmoq osonmas». 
Fursat poylab erkatoy, 
Chikdi-yu g‗or - uyidan, 
Shahar tomon yugurdi 
Chopqir anhor bo‗yidan. 
Chiroqlarga angrayib, 
Tushib borgan choq pastga; 
Uni ushlab shaharda, 
Qamadilar qafasga. 
Endi uni yosh-qari 
Qilar har kun tomosha. 
U termilar adirga 
Baland-baland tom osha. 
...Yillar o‗tib oradan, 
Sakkizinchi yanvarda, 
Bir qiz yuvvosh Bo‗riga 
Tashlab o‗tdi parvarda. 
BEHI 
Ikki yuzim burushqoq, 
Dema meni urishqoq. 
Ishga solib aqlimni, 
Sezdirmayman jahlimni. 
Agar shirin bo‗lmasam, 
Xushomadni bilmasam, 
Meni darrov kesishar, 
O‘rnimga nok ekishar. 
KALAMUSHLAR KEMASIDA 
Ostki qismin yemangiz, 
Cho‗kib ketar kemangiz! 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin