O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76
fayl 1491 20210818

OTA O‟GITI 
Har bitta so‗z - suvdek aziz, 
Har bitta so‗z - nondek uvol. 
Til boyligin bog‗ deb bilsak, 
Har bitta so‗z - bitta nihol. 
Biron so‗zni isrof qilmoq 
Bir ko‗chatni yulmoqlikdir. 
Bora-bora, otameros – 
Bog‗ni xarob qilmoklikdir. 


158 
E bolam, yot yurtga borsang, 
Ne atalur eling, derlar. 
Qay millatning vakilisan, 
Bormi ona tiling, derlar. 
Shunda, mening qutlug‗ tilim – 
Navoiyning she‘ri, degil. 
Yurtim - Ulug‗begu Bobur, 
Amir Temur yeri, degil. 
Ayt g‗urur-la Beruniylar, 
Farg‗oniylar ajdodim, deb. 
Koshg‗ariylar darsin tinglab, 
O‘tkirlangan savodim, deb. 
Maqtanma hech qimmat kiyim
Oltinlaru qasring bilan. 
Faxr et doim qudratli yurt, 
Boy til, nasab-nasling bilan. 
Obro‗yingni baland tutmoq, 
E bolam, o‗z qo‗lingdadir. 
Sening olamdagi narxing 
Vatan, millat, tilingdadir. 
BULBULNING SALOMNOMALARI 
Qo‗rqoqlarning ko‗rqog‗i g‗ilay Quyonga salom, 
Yo‗qdir yaqin o‗rtog‗i, sho‗rlik Chayonga salom. 
Shoxdan shoxga yugurgan, dumida uy supurgan, 
Yong‗oq chaqib tupurgan sho‗x Olmaxonga salom. 
Arg‗amchidek buralar, yantoqlarga o‗ralar, 
Qo‗ng‗iz o‗tsa mo‗ralar, bo‗g‗ma Ilonga salom. 
Ho‗kizlarni yiqitgan, Qashqirlarni qo‗rqitgan, 
Bor jonzotni hurkitgan shoh Arslonga salom. 


159 
Xo‗tikchaning qondoshi, ochlikka zo‗r bardoshi, 
Kamroq bo‗lsa ham oshi, erkin Qulonga salom. 
Xumbosh hamda xirqiroq, oziq tishi oshnichoq, 
Ochko‗zligi sap chatoq, xasis Qobonga salom. 
Nafsi o‗lja tilagan, qo‗lin qonga bulagan, 
Asta mo‗ylov silagan pismiq Sirtlonga salom. 
Meshkay qorni qavoqdir, burni tappak tovokdir. 
Ikki lunji lavokdir, go‗l Karkidonga salom. 
Guldor go‗ni kelishgan, qurtlarni yeb to‗lishgan, 
Daraxtlarda in teshgan Qizilishtopga salom. 
Chidab sovuq-ushukka, insof tilab Mushukka
Pishloq sudrar teshikka, olg‗ir Sichqonga salom. 
O‘g‗rilarning ustasi, qushning xunuk tusdasi, 
Ko‗rib qo‗ying nusxasin, sur Zag‗izg‗onga salom. 
Tupu kun yer qazigan, zaxda yotib ozigan, 
Ko‗p tirishib, oz yegan go‗sxo‗r Yumroiga salom. 
Igna-bigiz sotuvchn, kuzda loyga botuvchi, 
Ilon poylab yotuvchi Tipratikonga salom. 
Bebahodir po‗stini, poylar hatto do‗stini, 
Sipo demang siz uni, ayyor Qoplonga salom. 
Rizqin mag‗rur izlagan, yuksaklarni ko‗zlagan, 
Dushmanlarni tuzlagan botir Tarlonga salom. 
Bulbul kabi izillar, tog‗-toshlarda g‗izillar, 
Yirtqichlardan bezillar, do‗stim Jayronga salom. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin