275
tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Ularda mehnatga layoqatlilikni, g‘urur
va iro-
dani hamda mehnatga nisbatan muntazam ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Bunday jihat haqqoniy bo‘lishi uchun internetning ta’lim resurslari
talabgorlarning so‘rovlari va talablariga to‘la javob bera oladigan dara-
jada bo‘lishi shart. Shuning uchun ham ekspertlar tomonidan ta’lim veb –
saytlarining sifatlarini baholash kompyuter tashxisining haqqoniyligida
muhim o‘rin tutadi.
Ta’limda veb-saytlarning sifati ta’lim jarayonining axborot fazosi-
ning rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim jihatlardan sanaladi. U maz-
kur fazoda ta’lim olishning sifatiga va mazkur tizimning madaniyatli
tashkil etilganligi darajasiga bevosita ta’sir etadi.
Tashxis va monitoringni ta’limda joriy etishda mavjud metodolo-
giyani qo‘llash orqali axborotli o‘qitish muhitining
tashxisiy vazifasini
aniqlash imkoniyati tug‘iladi.
Ayni paytda, o‘quvchilar erishgan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni
nazorat qilishning keng tarqalgan yo‘li – testlar yordamida tekshirish
bo‘lib, u kompyuterning undan foydalanuvchi bilan o‘tkazadigan mulo-
qotiga asoslangan. Mazkur tizim “o‘qituvchining texnik qayta qurol-
lanishi, uning mexanizatsiyalashtirilgan mehnati” yoki “o‘qituvchi mashi-
na” degan shiorlar ostida o‘qituvchining o‘quvchi bilan individual ishlash
jarayonini mujassamlashtiruvchi sifatida dunyoga kelgan. Ba’zan, o‘quv
jarayonida sun’iy intellekt tizimining qo‘llanilishi baholash jarayonining
murakkabligi, xususan o‘quvchini baholash uchun o‘quvchiga katta miq-
dordagi
axborotni qayta ishlashi, baholovchi va baholanuvchi orasidagi
o‘zaro ta’sir jarayonining murakkabligi bu masalani oson hal qilish
imkoniyatini bermaydi. Xususan, o‘quvchi bilim va malakasini kompyu-
terlashtirilgan holda nazorat qilish, talab qilinadigan bilimlar majmuasi-
ning sifatini aniqlash muammosini
hal qilish lozimligini, busiz erishilgan
bilimlarni baholash mezonlarini va ularning o‘zlashtirilganlik darajasini
aniqlash qobiliyatlarini belgilash mumkin emasligi oydin bo‘ldi.
O‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilar bilimi, malaka va ko‘nikmala-
rini nazorat qilishning asosiy maqsadi, ular erishgan yutuqlar va muvaf-
faqiyatlarni aniqlash, uni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatish va shu
asosda o‘quvchilarning faol ijodiy faoliyat ko‘rsatishlari
uchun sharoit
yaratishdan iborat. Bu maqsad, birinchi navbatda, o‘quvchilar tomonidan
o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifati bilan, ya’ni o‘quv dasturida belgi-
langan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash darajasi bilan bog‘liq.
Ikkinchi tomondan, nazoratning asosiy maqsadini aniqlashtirish, o‘zaro
276
va o‘z-o‘zini nazorat qilish bo‘yicha yondashuvlarni o‘rganish hamda
o‘zaro va o‘z-o‘zini nazorat qilishga bo‘lgan ehtiyojning shakllanishi
bilan bog‘liq. Uchinchidan esa, bu maqsad o‘quvchilarda
bajarilgan ish
uchun javobgarlikning namoyon bo‘lishi kabi shaxsning ijobiy sifatlarini
tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.
O‘quvchilarning bilimlarini intellektual nazorat qilish o‘qituvchidan
ziyraklikni, adolat bilan faoliyat yuritishni talab qiladi. Bilimlarni
intellektual baholashning turli metodlari mavjud bo‘lib, ular ichida keng
tarqalgan metodlar quyidagilar:
og‘zaki yo‘l bilan tekshirish;
yozma-grafik usulda tekshirish;
amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish orqali tekshirish.
Dostları ilə paylaş: