O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


KOMPYUTERNING O‘QITUVCHILIK VAZIFASINI



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   284
KOMPYUTERNING O‘QITUVCHILIK VAZIFASINI 
BAJARISHI QUYIDAGI JARAYONLARDA NAMOYON 
BO‘LADI: 

o‘quv axborotining manbai (o‘qituvchini yoki darslikni qisman, 
ba’zan to‘la o‘rnini bosuvchi sifatida); 

ko‘rsatmali qo‘llanmalar (multimedia-telekommunikatsiya imkoniyati 
bo‘lgan yangi sifat darajasida); 

individual axborot fazosining yaratilganligi; 

mashq qildirgich; 

o‘quvchi bilimi, ko‘nikma va malakasi tashxisi va nazorati muhiti. 
Ishchi qurol sifatida kompyuter quyidagi vazifalarni bajaradi: 

matnlarni tayyorlash va saqlash muhiti; 

matnlar muharriri; 

grafiklar quruvchi va ularning muharriri; 

keng imkoniyatli hisoblash mashinasi (olingan natijalarni turli 
ko‘rinishda ifoda etuvchi); 

modellashtirish vositasi. 
Kompyuterning ta’lim obyekti sifatidagi vositachilik vazifasi: 

dasturlashtirish (vazifali jarayonlar bo‘yicha kompyuter yordamida 
o‘qitish); 

dasturiy mahsulotlarni yaratish; 

turli axborot muhitidan foydalanish. 
23-chizma



270 
Kompyuter va internet yordamida keng auditoriya bilan bog‘lanish va 
uning natijasi sifatida o‘zaro muloqotlashuvchi jamoa muhiti yaratiladi. 
Kompyuter texnologiyalari asosida o‘qituvchi o‘zining kasbiy mahora-
tini oshirish uchun mustaqil faoliyatida quyidagi vazifalarni bajarishi lozim: 
1. O‘quv jarayonini bir butun guruh va bir butun fan (o‘quv jarayo-
nining grafigi, tashqi tashxis, joriy, oraliq va yakuniy nazorat va bosh-
qalar) sifatida tashkil etish. 
2. O‘quv jarayonida guruhni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish 
joylarini taqsimlash, ko‘rsatmalar, guruh ichida boshqarish va boshqalar. 
3. O‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, 
har bir o‘quvchi bilan individual muloqot olib borish. Kompyuter yorda-
mida eshitish va ko‘rish imkoniyatlari, individual o‘qitishning eng sama-
rali shakllariga erishiladi. 
4. Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o‘quv va 
namoyish qurilmalarining har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, 
o‘quv-metodik ko‘rsatma, qo‘llanmalar va boshqalar) ma’lum o‘quv 
kursining mazmuni bilan aniqlangan bog‘liqlik asosida tayyorlanadi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin