O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   284
Ma’lumotlar bazasi
deganda, axborotni kompyuter texnikasi 
yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya 
qilish tushuniladi.
Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tay-
yorlashning standart shakllari mavjud bo‘lib, ularga 
bibliografiya, 


268 
statistik ma’lumotlar, referatlar
kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot 
tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko‘rinishli axborotlarni cheksiz ko‘p 
miqdorda va albatta, belgilangan shakllardagi ko‘rinishlarini qabul qiladi. 
Bilimlar bazasi
 esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo‘yicha qo‘shim-
cha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi, 
mantiq jihatdan bog‘langan boshqa elementlarga chiqa olishi bo‘yicha 
tuzilmali axborotlashtirilgan tizimga ega bo‘ladi. 
Bunda ushbu bilimlar 
bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilini-
shiga imkon bo‘lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o‘x-
shashliklari sifatida turli ens iklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi. 
O‘quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash va 
psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter 
tizimiga eksport tizimi qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, bu tizim yordamida 
elektron tarmoq orqali bilimlarni baholash va bu masala bo‘yicha yetar-
licha natijalarni aniqlash mumkin. 
Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi holat va uning maqsadiga 
ko‘ra, ba’zan o‘quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati 
nuqtai nazaridan, ularning ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish 
bo‘yicha boshqa bir hollarda esa, o‘qitishning psixologik tamoyillarini 
hisobga olish maqsadida keng foydalaniladi. 
Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv materiallari bo‘-
yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga 
integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan ta-
nishish, turli fanlar bo‘yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar, 
madaniyat va ijtimoiy ongga dahldor bilimlarni kiritish, ta’lim mazmu-
nini sezilarli o‘zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi, uni faol-
lashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi. 
Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuq-
tai nazaridan tahlil etadigan bo‘lsak, aksariyat uning interfaolligini, 
bevosita muloqot yordamida o‘quvchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan, istal-
gan fan sohasida maxsus o‘quv dasturlari yordamida bilim olish imko-
niyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Kompyuter vositasi, o‘quvchi yo-
xud o‘qituvchi murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «mulo-
qotga kirishadi», bular kompyuter ta’limi metodikasining asosiy xusu-
siyatlaridan biri sanaladi. 
Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o‘qitish 
bo‘yicha yoki alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi 
holatlar («kirib boruvchi» texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek, 


269 
o‘qitishda ma’lum texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim 
tavsiflovchisi sifatida kompyuterni qo‘llanish holatida kompyuter va bosh-
qa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masalasi juda dolzarb sanaladi. 
Kompyuterli o‘qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati, u 
o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan, yangi o‘quv mate-
rialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o‘quvchilarning 
ma’lum fan bo‘yicha erishgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshi-
rishda namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonda o‘qituvchi kompyuterning 
o‘quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o‘qituvchilik, ishchi qurol, ta’-
lim obyekti, o‘zaro muloqot kabi funksiyalarni bajarishini bilishi kerak. 
Bunda o‘qituvchining vazifasi dars jarayonida o‘quvchilarni kompyu-
terdan to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat: 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin