O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   284
14.2. Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari 
imkoniyatlaridan foydalanish 
Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydala-
nishda, o‘qituvchi uning mazmuniga ko‘ra bir qancha vazifalarni baja-
rishi mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologi-
yalari quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi: 
- multimedia texnologiyasini qo‘llash evaziga o‘quvchilarda fanlarga 
qiziqishni rivojlantiradi; 
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o‘quvchilarning fikrlash 
qobiliyatlari faollashadi va o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligi 
oshadi;
 
- real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo‘lgan 
jarayonlarni modellashtirish va ko‘rish imkoniyatini berishi bilan muhim 
ahamiyatga ega ; 
- o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas, 
balki o‘quvchilar erishgan mantiqan qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra 
ham samarali hisoblanadi; 
- masofadan turib ta’lim olishni faqat o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar 
yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi, balki sababsiz dars qol-
dirgan o‘quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi; 
- o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, to-
pish hamda muammoli masalalarga javob berish orqali ma’lum tadqiqot 
ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi; 
- o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar echishi, 
insho, bayon yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, 
tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez 
bajarish uchun sharoit yaratadi. 
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususi-
yatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy muro-
jaat qilinadigan «qo‘llab-quvvatlovchi axborot»ini ko‘paytirish, kompyu-
ter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan 
darajadagi axborot bazasining yaratilganligi, gipermatn va multimedia
o‘qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin