263
nologiyalari va vositalarini, shuningdek, axborot jarayonlarining tashkiliy
va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi.
Hozirgi kunda o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning
imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O‘qituvchi
tomonidan
targ‘ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo‘naltirilgan xarak-
terda bo‘lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor
qilgan holda tabaqalashtirilgan bo‘lishi kerak.
Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy,
ilmiy-tex-
nik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi va rivoj-
lanadi. Bu muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy omillardir. Ilmiy-
texnik taraqqiyot, madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarish-
larni rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jami-
yatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiy vazifalarini
amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki umumta’lim
maktablari, oliy
ta’lim muassasalari insonni iqtisodiyot, madaniyat,
siyosiy jihatdan
hayotda qizg‘in faoliyat ko‘rsatish uchun tayyorlaydi. Shuning uchun
ham ta’lim muassasalari o‘qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonining tayanch
bo‘g‘ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan bir qatorda, hozirgi kunda umumta’lim maktablari va oliy
ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar
va ilmiy-texnik taraqqiyot o‘zining ifodasini kechikib topmoqda. O‘qi-
tuvchi va o‘quvchilarning fikrlashi va qabul qilish faoliyatida yangi g‘o-
yalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish ma’lum
bir vaqtni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: