258
mustaqil xususiyatlar metodi — boshqa shaxslarni muayyan bir
insonning tarbiya ko‘rganligi to‘g‘risida fikr va mulohazalarini baholash
va muhokama qilish;
tarjimai hol metodi — shaxs hayotida
oldingi mehnat faoliyati
davrining ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan yoritilishi.
Shuni hisobga olish joizki, ko‘rib chiqilgan umumiy metodlarni qo‘l-
lash o‘qituvchiga tarbiya ko‘rganlik darajasi to‘g‘risidagi o‘quvchi haqi-
dagi xulosani shakllantirish uchun yetarli darajada mukammal ma’lumot-
larni beradi. Biroq, ulardan har biri alohida natijalarning to‘liq obyek-
tivligini ta’minlamaydi. Mazkur ko‘rsatkich ularni tizimli qo‘llashda
shart-sharoitlarni oshirish mumkin.
Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash (diagnostika) natijalarining ishonch-
liligini oshirishning yana bir sharti sifatida uchinchi guruh metodlaridan
— maxsus xususiy metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular ko‘-
pincha professional psixologlar tomonidan psixologiya tarmoqlaridan biri
bo‘lgan psixologik diagnostika (psixodiagnostika) doirasida qo‘llaniladi.
Ushbu maqsadda ko‘pincha o‘quvchining maxsus ishlab chiqilgan so‘-
rovnomada bayon etilgan savollarga javoblarini
tahlil qilish asosida
tarbiya ko‘rganlik darajasining diagnostikasini ko‘zda tutadigan so‘rov
uslubi qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda G.Ayzenk, R.Kettel, Dj.Teylor,
Ya.Strelyau kabi xorijlik psixologlarning har bir millat mentalitetiga
moslashtirilgan shaxsiy so‘rovnomalari hamda mahalliy psixologlarning
bir qator ishlanmalari keng tarqalgan.
Shuningdek, ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda kompyuter texnologi-
yalari yordamida amalga oshirilayotgan so‘rov uslubiyotlari ishlab chiqil-
moqda va amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu ularga kira olish va uning
nafaqat professional psixologlar, balki turli toifadagi o‘qituvchilar tomo-
nidan qo‘lanilishi imkoniyatini kengaytiradi. Ulardan o‘z-o‘zini diagnos-
tika qilishda ham qo‘llanilishi mumkin.
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda o‘qituv-
chi tarbiyachi sifatidagi faoliyatida quyidagi jarayonlarni bilishi lozim:
1.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda
ijtimoiy-tarixiy tajriba
asosida shaxsni har tomonlama rivojlantirish, uning ongi, xulq-atvori va
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo‘lib,
har qanday tuzum va
zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish
asosi bo‘lib kelgan.
2.
Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad
asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish
jarayonida bir
259
qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy
tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi,
ijtimoiy munosabatlar mazmuni,
shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyat-
lari asosida belgilanadi.
3.
Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni ino-
batga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga
erishish, shuningdek, belgilangan vazifalarni ijobiy hal etish imkoniyatini
beradi.
4. O‘qituvchi pedagogik texnologiyaga oid bilimlar bilan bir qatorda
tarbiya texnologiyasiga oid bilimlarga ham ega bo‘lishi shart: o‘qituvchi
xatti-harakatlarining algoritmi, tarbiyalash shakllarini bilishi, har qanday
tarbiyalash metodini amalga oshirish bo‘yicha barcha operatsiyalarni
mukammal bajara olishi lozim.
Dostları ilə paylaş: