256
darajasi har xil o‘qituvchilar va tarbiyachilar tomonidan turlicha baholan-
moqda. Hozirgi vaqtda ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy
holatlarga tayan-
masdan turib, ushbu kamchilikni hal etib bo‘lmaydi.
Eng avvalo, “tarbiya ko‘rganlik” tushunchasining mohiyatini anglab
yetish zarur. Afsuski, hech bir lug‘atda ushbu daraja bevosita muammo
sifatida qo‘yilib ilmiy ta’rif berilmagan. Shu bilan bir vaqtda bir qator
pedagogik
tadqiqotlarda, shaxsni o‘rab turgan ijtimoiy, biologik va
geografik muhit, kishilar bilan o‘zaro munosabatida namoyon bo‘ladigan
eng olijanob shaxsiy xususiyatlar tarbiya ko‘rganlikni
belgilab berishi
ta’kidlanadi. Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash asosida shaxslararo munosa-
batlar tizimida amalga oshiriladigan o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari
va sifatlarining shakllanganlik (rivojlanganlik) darajasini ham o‘rga-
nishga imkoniyat yaratiladi.
Tarbiya ko‘rganlik darajasini aniqlash
jarayonining asosiy xusu-
siyatlari pedagogika va psixologiyada, shuningdek,
boshqa fanlarda ish-
lab chiqiladigan maxsus metodlar tizimini qo‘llash natijasida belgilanadi.
Ya.S.Turbovskiy, N.V.Kuzmina, I.P.Rachenko, V.P.Simonov, A.V.Xris-
teva kabi pedagog olimlar ularni uch guruhga birlashtiradilar:
Dostları ilə paylaş: