O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   284
munini
 
model-
lashtirish
 
 
20 - chizma. Tarbiya mazmunini modellashtirish. 


251 
6. Jamoaning ta’siri. O‘quvchilarda barkamol insonga xos xusu-
siyatlar avvalo sinf jamoasida rivojlantiriladi. Sinf jamoasining tarbiyaviy 
ta’siri ostida o‘quvchining bir-birlariga nisbatan ijobiy munosabatlari 
qaror topadi, jamoa yordamida o‘quvchi har tomonlama kamolotga 
erishadi, dunyoqarashi shakllantiriladi, insonparvarlik va o‘zaro ham-
korlik tuyg‘ulari rivojlantirilib boriladi.
Zamonaviy tarbiya mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarni model-
lashtirilishi yaxlit tarzda quyidagi ko‘rinishga ega:
Tarbiya mazmunining mukammal belgilangan qonuniyatlari mavjud 
bo‘lib, u asrlar davomida har bir davrning talablariga mos ravishda tako-
millashtirilib kelingan. Tarbiya mazmunida tarbiyalanuvchining yoshi va 
ijtimoiy kelib chiqishiga qarab belgilangan tarbiyaviy maqsad va vazi-
falarga muvofiq ular tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘-
nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda axloqiy sifatlari mujas-
samlashgan. 
O‘quvchini yuqorida qayd etilgan tarbiyaviy jarayonlarning nima uchun 
kerakligi, ularning insonga nima bera olishi kabi masalalar qiziqtiradi. 
Ushbu tarbiyaviy faoliyatlarning har birini oqilona, jamiyat taraqqiyoti va 
milliyligimizga xos ravishda modellashtirib o‘quvchilar ongiga singdirish 
kerak.
 
 
13.5. Tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogik 
vositalardan foydalanish 
Tarbiyalanuvchilarning harakati faol bo‘lishi, ular bilan olib bori-
ladigan tarbiyaviy faoliyat funksiyalari esa doimo almashinib, yangilanib 
turilishi lozim. Shuning uchun ham tarbiyalanuvchilarning faoliyati usti-
dan rahbarlik qilishda, o‘qituvchi pedagogik mahoratning boy tajriba-
lariga ega bo‘lishi zarur. So‘nggi yillarda pedagogika fanida tarbiyaviy 
faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishda yetakchi yondashuv sifatida turli 
pedagogik vositalar va metodlar qo‘llanilmoqda. Mazkur faoliyatni mu-
kammal yo‘naltirish uchun quyidagi pedagogik vositalar va metodlardan 
foydalanish mumkin: 
Pedagogik talab
jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor, ijtimoiy qoi-
dalar, an’ana va urf-odatlarning muayyan me’yorlarini bajarish uchun 
o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar majmui tushuniladi. Talab ijtimoiy 
xulq-atvor me’yorlarining yig‘indisi, real masala yoki biror-bir xatti-
harakatlarning bajarilishi to‘g‘risidagi aniq ko‘rsatma sifatida ifodalani-
shi mumkin. Ushbu talablar bajarilish shartiga ko‘ra bevosita yoki bilvo-


252 
sita bo‘ladi. Bevosita ko‘rsatma yoki yo‘riqnomalar axloq me’yorlariga 
so‘zsiz bo‘ysunish ko‘rinishiga ega bo‘lishi lozim. Bilvosita talablar esa, 
iltimos, maslahat, imo-ishora ko‘rinishida taqdim etilib, bajarilishi
o‘quvchilarning o‘zlariga havola etiladi. Barkamol, har jihatdan kamo-
lotga erishgan jamoada ko‘pincha bilvosita talablardan foydalaniladi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin