248
tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib
toptirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Tarbiya jarayonining yana bir qonuniyati – bu uning yaxlit holda
tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining
maqsadi, mazmuni va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘o-
yasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs
ma’naviy-axloqiy sifatlarni navbatma navbat emas, balki yaxlit tarzda
o‘zlashtira boradi, shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik
xarakteriga ega bo‘lishi lozim. Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik
xususiyati qator pedagogik talablarga amal qilish, o‘qituvchi va o‘quv-
chilar o‘rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
Tarbiyaning yana bir qonuniyati shundan iboratki, bu jarayon ikki
tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo‘lib, unda o‘quvchining o‘zi ham
faol ishtirok etadi. Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qi-
tuvchining o‘quvchiga ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quv-
chining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil
etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g‘oyasiga muvofiq,
endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan,
subyekti sifatida ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun o‘qi-
tuvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tash-
qi ta’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda mazkur
talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar
samarasiz yakun topadi. Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir
xususiyati – tarbiyada qarama-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi.
Ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarga o‘z tushunchalariga muvofiq
paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan
talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlarning
kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
Undan tashqari ushbu qarama-qarshiliklar ko‘pincha o‘quvchining
ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiya-
chilarning o‘quvchilar yosh psixologik, fiziologik xususiyatlarini (fe’l-
atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan
sog‘lomligi) yaxshi bilmasliklari oqibatida sodir bo‘ladi.
Demak, tarbiya jarayonida quyidagi qonuniyatlar modellashtirish
xususiyatini o‘zida namoyon etadi:
Dostları ilə paylaş: