250
3.O‘z-o‘zini anglash. Barkamol avlodni tarbiyalashdan asosiy maq-
sad, yoshlarda e’tiqod, demokratik qarashlar va ijtimoiy hayotda o‘z
mustaqil fikriga va mustahkam pozitsiyasiga ega bo‘lish shakllantiriladi.
Insonning hayotda o‘z-o‘zini anglashi, tarbiya mazmunining eng muhim
unsurlaridan biri sanaladi. O‘quvchilar o‘zlarining shaxsiy hayoti va
faoliyatlarini subyekt sifatida e’tirof etib, o‘z-o‘zlarini qanday anglashi
bilan tavsiflanadilar. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy
jihatdan o‘z-o‘zini anglashi muhim ahamiyatga egadir.
4. Iroda erkinligi. Tarbiya jarayoni o‘qituvchi tomonidan oqilona
tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchilar ma’naviyatini
boyitadi. Agar o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqishini, faoliyatini, o‘rtoq-
lik va fuqarolik burchini his etishini, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini
anglab, uni takomillashtirib borsa, o‘quvchida yuksak iroda va erkinlik
tuyg‘ulari shakllanib boradi.
5. Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya barcha
ta’lim muassasalari amaliyotining markaziy nuqtasida o‘qituvchilarning
tarbiyaviy ishlar dasturida, turli tarbiyaviy maqsadlarga yo‘naltirilgan
tadbirlarda, tarbiyaning shakl, metod va vositalarida asosan o‘quvchi
shaxsi turganligini anglatadi. Tarbiyaviy jarayonda uning shaxsiy xusu-
siyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos xarakteri, o‘z qadr-qimmatini anglash
tuyg‘ulari modellashtirish asosida rivojlantirilib boriladi.
Maqsadning aniqligi
Birgalikdagi
faoliyati
O‘z-o‘zini
anglash
Jamoaning
ta’siri
Tarbiyaning
shaxsga
yo‘naltirilganligi
Iroda erkinligi
Zamonaviy
tarbiya maz-
Dostları ilə paylaş: