242
sabatda bo‘lishini unutmaslik kerak. Pedagog va psixolog olimlarning
tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, shaxsga tashqi omillarning o‘zaro (xoh
salbiy, xoh ijobiy bo‘lsin) ta’siri avvalo o‘quvchilarning o‘zaro muno-
sabatlariga bog‘liq. O‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatini uyushtirayot-
ganda o‘qituvchi yoki tarbiyachi tashqi ta’sir
etuvchi omillarga nisbatan
tarbiyalanuvchining munosabatini, kechinmalarini, qanday anglashini,
baholashini ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur.
Tarbiya jarayonini modellashtirishda o‘quvchining nafaqat ongi, bal-
ki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borishga erishish lozim, unda jamiyatning
shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq
keluvchi xulqiy malaka
va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi,
hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi
rahbarlik qiladi. U o‘quvchilarning ta’lim muassasasidagi tarbiyaviy fao-
liyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonga faol kirib borishlarini o‘z
xohish istaklari bilan tarbiyaviy faoliyatga faol ishtirok etishlari uchun
shart-sharoitlar yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning musta-
qilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi.
Ushbu faoliyatni modellash-
tirishda o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasining manfaati va talab istaklarini
e’tiborga olishi zarur. Bola o‘z xulqi, xatti-xarakati uchun jamoa oldida
javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol
qatnashchisi bo‘lib qoladi.
Ushbu holatlar tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshi-
liklarni bartaraf etishga yordam beradi. Jamiyatda axborot kommu-
nikatsion texnologiyalarining jadal sur’atlarda
rivojlanib borishi natija-
sida o‘quvchilar ko‘p vaqtlarini ta’lim va tarbiyaga mutlaqo aloqasi bo‘l-
magan kommunikatsion texnologik ma’lumotlarga sarflamoqdalar (mo-
dul telefonlar, internet, kompyuter, DVD filmlar va boshqalar).
Ushbu
vositalardan oqilona foydalanishni o‘quvchiga o‘rgatish, ta’qiqlangan
texnik vositalardan foydalanishni man etish, ularni nazorat qilish o‘qi-
tuvchilar va ota-onalarning hamkorlikdagi vazifalariga kiradi. O‘quvchi-
larning ko‘p vaqtlarini olayotgan keraksiz texnik ma’lumotlarni bartaraf
etish uchun faqat modellashtirish asosida ish olib borish mumkin. O‘qi-
tuvchining tarbiyaviy ishlar rejasida ushbu muammolar yuzasidan turli
mavzudagi suhbatlar uyushtirish rejasi o‘rin olishi lozim.
Bu
jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Aks
holda, xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi nati-
jasida o‘quvchi ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ma’lumotlarga
va tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin.
243
Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari,
shaxsning
o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi.
Ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilangan tarbiyaviy faoliyatni
amalga oshirishda ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi.
Ushbu g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:
Tarbiyani samarali modellashtirish uchun uning harakatlantiruvchi
kuchini, har bir o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faoliyatini yaxshi bi-
lish kerak. Buning uchun o‘qituvchi quyidagi
holatlarni unutmasligi
lozim:
tarbiyalanuvchi ruhiyatini puxta bilish;
ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lib, ular ishtirokida
o‘quvchi bilan tarbiyaviy mazmunda suhbatlar o‘tkazish;
o‘quvchining ichki dunyosini, xarakterini bilmasdan u bilan qo‘pol
muomalada bo‘lmaslik, sodir etilgan xatoliklarni kechira olish;
o‘quvchining qiziqishlarini, uni o‘rab turgan tashqi muhitni doimiy
nazorat qilish;
o‘quvchini qat’iy kundalik rejimga o‘rgatish va
uni kuzatib borish;
iste’dodini, qobiliyatini va o‘zi tanlagan kasbga moyilligini e’ti-
borga olib uni takomillashtirish;
o‘quvchining bola ekanligini, adashishga, ba’zan xatoliklarga yo‘l
qo‘yishini unutmaslik, ushbu salbiy holatlarni kechiktirmasdan tuzatib
borish.
Tarbiya
O‘z-o‘zini
tarbiyalash
O‘z-o‘zini qayta
tarbiyalash
Dostları ilə paylaş: