238
tasavvurlar, shuningdek jamiyat va davlat taraqqiyotining ijtimoiy-iqti-
sodiy, siyosiy va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Tarbiya texnologiyasida o‘qituvchi tomonidan belgilanadigan maq-
sadlar turli darajada bo‘lishi va bosqichma-bosqich bir biriga bo‘ysunishi,
ketma ket bajarilishi mumkin. Biroq tarbiyaviy maqsadning asosiy
mohiyati — davlat maqsadlari, ijtimoiy buyurtmalardan kelib chiqishi
lozim. Aytish mumkinki, asosiy daraja – mamlakatda inson va uning
fuqarolari qadr-qimmati to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlarni aks ettira-
digan maqsadlardir. Ular mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi, huku-
mat tomonidan qabul qilinadi, qonunlar va boshqa hujjatlarda qayd etila-
di. Keyingi daraja — ta’lim dasturlari va standartlarida aks etadigan
maqsadlar, ya’ni davlat ta’lim standartlari, maxsus ta’lim tizimlarining va
ta’lim bosqichlarining maqsadlari. Eng quyi daraja — muayyan yoshdagi
kishilarni tarbiyalashda maqsadning birligi.
Shaxsni shakllantirish, boshqarish, tarbiyaviy faoliyat natijasida
yuksak ma’naviy va axloqiy hislatlarga ega bo‘lgan yuqori malakali kadr-
lar tayyorlash tasodifiy harakatlar orqali emas, balki, oldindan belgilan-
gan va puxta o‘ylab tuzilgan tarbiyaviy maqsadlar asosida olib boriladi.
Tarbiyaviy texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning
o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb
etadi. Shunday ekan, o‘qituvchining tarbiyalash maqsadlarini to‘g‘ri
belgilashi va yo‘lga qo‘ya olishiga nisbatan g‘oyaviy yondashuv ijtimoiy
buyurtma asosida belgilanib, amalga oshirilishida mavjud shart-sharoit-
larni yaratish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: