O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


 – BOB. O‘QITUVCHINING TARBIYA TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   284
13 – BOB. O‘QITUVCHINING TARBIYA TEXNOLOGIYALARI 
ASOSIDA FAOLIYAT OLIB BORISHI 
 
Tayanch tushunchalar

 
Tarbiyaviy texnologiya; komil inson tarbiyasi; barkamol avlod 
tarbiyasi; tarbiyaning yaxlitligi; tarbiyaning davriyligi; didaktika; 
umuminsoniylik me’yorlari; tarbiyaning texnologiyaviyligi; dolzarb 
rivojlanish hududi; modellashtirish; tarbiyaviy reja; biologik omillar
norasmiy etakchi; tarbiyaviy jarayonni modellashtirish; tarbiya maz-
muni; g‘oyaviy – siyosiy tarbiya; tarbiya qonuniyatlari; tarbiyaning 
uzluksizligi; tarbiyada to‘g‘ri va teskari aloqa; o‘z-o‘zini anglash; iroda 
erkinligi; pedagogik talab; o‘rgatish; tarbiyalanadigan holatlar. 
 
13.1. Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari 

Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda avvalo o‘qituvchilar zim-
masiga yuklatilgan eng olijanob vazifadir. I.A.Karimov Oliy majlisning 
IX sessiyasida so‘zlagan nutqida shunday deydi: 
“Biz komil inson 
tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil 
inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni 
tushunamiz”.
Komil inson, o‘qituvchining mashaqqatli mehnati namu-
nasidir. Sharq allomalari ilmiy meroslarida ham komil inson tarbiyasi 
doimo munozarali mavzu bo‘lib kelgan. Jumladan, mashhur alloma 
Aziziddin Nasafiy o‘zining “Komil inson” nomli kitobida shunday yoza-
di: 
“Bilgilki, komil inson quyidagi to‘rt fazilatga mukammal shaklda ega 
bo‘lgan insondir. Ularning birinchisi yaxshi so‘z, ikkinchisi ezgu faoliyat, 
uchinchisi go‘zal axloq, to‘rtinchisi ilm”. 
Ushbu mukammal shakllarga 
ega bo‘lgan inson buyuk davlatimiz poydevorini, farovon hayot asoslarini 
qura oladi. Komil insonni tarbiyalash va voyaga etkazish jarayoni – 
pedagogik faoliyatning uzluksiz jarayoni bo‘lib, pedagogik texnolo-
giyaning so‘nggi namunalari doirasida amalga oshiriladigan hamda 
tarbiyalanuvchilarning ijobiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish 
maqsadlariga qaratilgan tashkiliy faoliyatdan iborat. Bu faoliyatda 
o‘qituvchi tarbiyaviy jarayonning quyidagi asosiy xususiyatlarini bilishi 
kerak:


235 

tarbiyaning yaxlitligi;

tarbiyaning tizimliligi; 

tarbiyaning davriyligi; 

tarbiyaning texnologiyaviyligi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin