228
O‘quvchilar orasidagi munosabatlarga mohirona rahbarlik qilish
uchun tarbiyachi jamoaning ichki va jamoalararo
ziddiyatlarni ham
bilishi kerak. Bu ziddiyatlarning barham topishi tarbiyachi shaxsi, uning
tarbiyalanuvchilar bilan yaqin munosabatlariga bog‘liq. Haqiqiy va mohir
tarbiyachi-o‘qituvchi bu ziddiyatlarni bartaraf etishda o‘quvchilar jamo-
asi, o‘quvchilar o‘zaro munosabatlarining kuchidan foydalanadi. Har bir
o‘quvchi o‘zining ijtimoiy va psixik olamiga ega. Uni bilish, o‘rganish
o‘qituvchidan psixologik nuqtai nazardan yondashishni talab qiladi.
O‘quvchining jamoa bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun o‘qituvchi
quyidagi omillarga e’tibor berishi shart:
- har bir o‘quvchiga alohida pedagogik topshiriqlar qo‘yish;
- jamoada o‘zaro xayrixohlik, o‘zaro yordam muhitini
shakllantirish;
- oilaning tarbiyaviy ta’siridan o‘z o‘rnida fodalanish;
- o‘quvchilarning o‘zaro aloqalarini kuchaytiruvchi, ijodiy faoliyatini
rivojlantiruvchi
faoliyatlarini tashkil qilish;
- o‘quvchilarga o‘zaro teng, adolatli munosabatda bo‘lish.
Estetik tizim.
Agar tarbiyaviy vosita, usul va metodlar orqasida etak-
chi g‘oya turmasa, texnologik tizim va ijtimoiy psixologik munosabatlar
tizimi maqsadli tarbiyaviy natijalar bermaydi. O‘qituvchining har bir
harakati, o‘quvchilarning estetik madaniyatini shakllantirishga xizmat
qiladi. Tarbiyachi faoliyati hayotiy me’yor
va qadriyatlar asosida olib
borilishi kerak, shundagina, o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligi
ta’minlanadi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan o‘quvchilar
uchun o‘qituvchining hayotiy tajribalari, shaxsiy namunalari ham estetik
tarbiyaviy ta’sir kuchiga egaligini unutmaslik kerak.
Shuning uchun
o‘qituvchining jamoaga nisbatan diqqat motivlarini shakllantirishda av-
valo tarbiyachining estetik jihatdan tarbiyalanganligi muhim ahamiyat
kasb etadi. Estetik tizim tarbiyalanganlikning yuqori darajasini belgilov-
chi vosita bo‘lib, uning talablarini bir maromda o‘quvchi ongiga singdirib
borish uchun
har bir o‘quvchi, sinf, maktab jamoasi harakat qiladi. Este-
tik tizimda ulkan tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun o‘qituvchidan
nihoyatda
mohirona talabchanlik, ijobiy ta’sir etish vositalarining
birligiga erishish talab etiladi:
- tarbiyada o‘quvchilar jamoasi muhitining birligi;
- o‘quvchilar mustaqilligi va o‘z-o‘zini tarbiyalashning birligi;
- fuqarolik va
insoniylikning birligi;
- talabchanlik va ishonch birligi;
- o‘quvchi shaxsiga ehtiyotkorona munosabat;
229
- jinsiy tafovutlarni hisobga olish;
- bolalarning axloqiy va jismoniy sog‘ligi haqida qayg‘urish;
- axloq me’yorlariga amal qilish.
Dostları ilə paylaş: