O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   284
Tarbiyaning uzluksizligi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati uzoq mud-
dat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga 
tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni 
tarbiyalab voyaga etkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning 
muayyan vaqtning o‘zida, turli qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi 
tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib bori-
layotgan tarbiyaviy faoliyat shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishga 
qaratilgan. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori 
darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiyada muvaf-
faqiyatga erishish uchun o‘qituvchi bolalarni o‘quvchilik yillarida to‘g‘ri 
tarbiya berish lozimligini talab etadi. Ta’lim muassasalarida olib 
borilayotgan tarbiyaviy jarayon bu — o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari yig‘indisidir. O‘quvchilarda ijo-
biy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-
birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida 
ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik 


231 
hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tka-
zilishiga erishish lozim. 
Ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning tarbiyaviy faoliyati yetakchi 
o‘rinni egallasalar ham, ba’zan o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir 
o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar ta’lim muassasalarida ma’lum mud-
datgina o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri va nazorati ostida bo‘lib, qolgan 
bo‘sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, do‘stlari davrasida, har 
xil tashqi muhitda o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi 
ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ta’siridan 
chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida o‘quvchilarni tarbiyalash 
vaqt jihatdan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqarida 
amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi 
yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida bo‘lishlari kerak.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish.
Tarbiyaviy maqsadlarni amalga 
oshirish uchun reja tuzish va uni bajarish tarbiya samaradorligini ta’min-
lashning asosiy yo‘lidir. O‘qituvchining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi 
– ijodiy jarayon. O‘qituvchi tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda asosan 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
g‘oyalariga hamda milliy qadriyat, urf-odatlarimizga tayanadi. Uning 
mazmuni o‘quvchilarni o‘qishga, ilm olishga, mehnatga ijobiy muno-
sabatni tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaviy ish rejasida mehnat tarbiyasiga alohida ahamiyat beriladi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarning mehnat tarbiyasi rejasini tuzar ekan, o‘quv-
chilar mehnatining mashaqqati, charchoq va hordiq haqida aniq tasav-
vurlarga ega bo‘lishlarini hisobga olishlari kerak. Ota-onalar bilan ishlash 
bo‘limida oila, maktab tarbiyasini tavsiflaydigan qisqa ma’lumotlar beri-
ladi. Mohir o‘qituvchi tarbiyaviy ish rejasiga aniq bir maqsadni qo‘yadi. 
Tarbiyaviy ish amaliyotida xulq me’yorlaridan chetga chiqqan o‘quv-
chilar ham uchraydi. Ular tarbiyasi «qiyin» o‘quvchilar. Ular bilan 
tarbiyaviy faoliyat olib borish – bu alohida e’tiborni, sabr-toqat va 
mahoratni, qalb sezgirligini talab qiladigan murakkab ishdir. Tarbiyachi 
bunday o‘quvchilarni pedagogik jihatdan o‘rganish dasturini tuzishda 
quyidagi jihatlarga e’tibor berishi lozim: shaxsning ijtimoiy kelib chiqi-
shi; oilada umumiy rivojlanish darajasi; axloqan tarbiyalanganlik dara-
jasi. Dastur asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tarbiyaviy 
ishlar rejasi tayyorlanadi: 
1. O‘quvchi olamining hayotiy yo‘nalishlarini diqqat bilan o‘rganish. 
2. Xarakteri va xulqidagi og‘ishganlik sabablarini o‘rganish. 


232 
3. Ijobiy yo‘nalishga, o‘zgarishiga ta’sir etuvchi hayotiy ko‘rinish-
larni tanlash. 
4. Muloqotni o‘smirning «psixologik hudud»idan izlash. 
5. O‘quvchilar xulqida namoyon bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar usti-
dan doimiy nazorat o‘rnatish. 
Ma’lumki, tarbiyalanganlik natijalarini hisobga olish o‘quvchilar 
xulqida, ularning o‘qish va mehnatga munosabatlaridagi o‘zgarishlarni 
ifodalaydigan pedagogik o‘lchamdir. Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini 
aniqlash masalasi murakkab masaladir. Hech qachon tarbiya natijalarini 
o‘tkazilgan tadbirlar, ishtirok etgan o‘quvchilar soni bilan belgilab bo‘l-
maydi. Tarbiyaviy ish samaradorligi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik 
darajasi bilan baholanadi. 
Tarbiyachi-o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini chu-
qur his etgan holda, vaziyatni hisobga olib mavzu tanlashi, uni tayyorlash 
va o‘tkazishda o‘quvchilarni keng ko‘lamda jalb etishi, yuksak samara-
dorlikni ta’minlanishiga e’tibor berish bilan birga, har bir o‘quvchiniig 
xohishini hisobga olishi, keskin rad etmasdan, yana o‘ylab ko‘rish, qizi-
qarliroq, soddaliroq yo‘llarini topishing mumkin deb umidvor qilish 
o‘rinlidir. Tarbiyachi ijodkor bo‘lishi, o‘quvchilarni ham ijodiy faoliyat 
yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o‘zini va o‘zgalarni hur-
mat qilishga ishonch hosil qilishi lozim. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin