O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Tarbiyachilik mahoratining tarkibiy qismlari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   284
12.2. Tarbiyachilik mahoratining tarkibiy qismlari 
Pedagogikada o‘qituvchining tarbiyachilik mahorati doimiy o‘zgarib 
turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to‘ldirilib boriladigan bir 
butun tizimga ega. Uning bir-biri bilan bog‘liq quyidagi tarkibiy qismlari 
o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo‘nalishlar bo‘lib doimo, 
mazmunan boyitilib boriladi: 
Tarbiyada maqsadning aniqligi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-
siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda amalga 
oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiyaviy maqsad aniq belgilab olingan va 
o‘qituvchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. O‘zbekiston Respub-
likasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash 
Milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra tarbiyachilar va o‘qituvchilar zimma-
siga jamiyatimiz tomonidan qo‘yilayotgan talablar – erkin, ijodkor, mus-
taqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab 
voyaga etkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy 


227 
vazifa – bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlarini, ya’ni, aqliy, axloqiy, 
jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat 
madaniyatini tarbiyalashdan iborat. 
Texnologik tizim 
yoki tarbiya texnologiyasi bu pedagogik metod, 
usul va vositalarni rejali va kutilgan iatijalarga erishishga imkon bera-
digan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko‘rsatadigan jihatlarini tanlash tizi-
midir. Bu tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar amaliy faoliyatini to‘g‘ri 
tashkil qila olishi va boshqarishining ko‘nikma va malakalariga ega 
bo‘lishidir. Texnologik jarayon natijalaridan asosiy maqsad, tarbiyachi 
ijodiy izlanishlar tufayli, o‘quvchilar tashabbuskorligini ta’minlaydi. Tar-
biyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish uyushmalari 
bilan hamkorlikda ishlashi natijasida
 
murakkab masalalarni hal qilish 
uchun vaqt ajratadi. Texnologik tizimda tarbiyaviy ahamiyatga ega tad-
birlarni muvaffaqiyatli uyushtirish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga 
bog‘liq. Uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan tadbirlar o‘quvchilarning aqliy 
rivojlanishini, bilish tafakkurini, kasb tanlashga nisbatan qiziqishini, 
erkin fikrlashlarini, o‘z fikr-mulohazalarini cho‘chimasdan to‘g‘ri tasav-
vur bilan bayon etish tushunchalarini shakllantiradi. 
Tarbiyachi-o‘qituvchining mahorati har bir o‘quvchiga alohida yon-
dashuv imkoniyatlarini topish, o‘quvchi iste’dodida namoyon bo‘ladigan 
holatlarda uning faolligini oshirishga qaratiladi. Tarbiyachi-o‘qituvchi 
tomonidan uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlarga qo‘yiladigan asosiy 
talablar: 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin