O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Tarbiyachilik mahoratining mazmuni va jarayoni



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   284
 
12.1. Tarbiyachilik mahoratining mazmuni va jarayoni 
 
Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga etka-
zish va uni ma’lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli meh-
nat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta’lim 
va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Jamiyat taraqqiyotida tarbiya-
ning o‘rnini izohlab, Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarini 
bayon etadi: 
“Ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong 
darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta’-
lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmay-
di. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy 
maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi”.
Yoshlarni 
o‘qitish va tarbiyalash, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan yuksak ma-
lakali kadrlarni tayyorlashda ayniqsa o‘qituvchining tarbiyachi sifa-
tidagi o‘rni beqiyosdir. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Kari-
mov “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida o‘qituvchining 
kasbiy faoliyatiga shunday ta’rif beradi: 
“Barchamizga ayonki, inson 
qalbiga yo‘l, avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qa-
chonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni 
eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan 
yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnati-
ni hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan 
ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, 
nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan 
o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyos-
lab bo‘lmaydi”.


223 
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, 
ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p 
jihatdan tarbiyachi-o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fido-
yiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbi-
yalab, voyaga etkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq. 
Ma’lumki, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi 
tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’-
lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning 
dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni 
bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib 
o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. 
Ko‘pchilik yosh o‘qituvchilarda, ta’lim berish mahoratiga qaraganda 
tarbiyachilik mahoratini egallash jarayoni qiyin kechadi. Albatta, buning 
obyektiv sabablari bor: tarbiya tushunchasi, insonning aqliy imkoni-
yatlarini rivojlantirish, axloqan pok, estetik didli, mehnatsevar qilib tar-
biyalash omili bo‘lib, ta’lim berish ko‘nikmalarini egallashga qaraganda 
keng ma’nodagi tushuncha bo‘lganligi uchun doimo ziddiyatlarga va 
tasodifiy hodisalarga boy. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin