o‘quv harakatlari sanalab,
ular belgilangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O‘quv harakatlari
o‘quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi.
Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinishda
bo‘ladi.
Tashqi o‘quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chi-
zish, tajribalar o‘tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuza-
tish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki, ya’ni mnemonik (yunonchadan «mnemonikon» –– eslab qolish
madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va
tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari kiradi.
Natijalarni baholash va tahlil etish o‘quv harakatlarining ajralmas
qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zini nazo-
rat qilish, o‘zini baholash va o‘zini tahlil qilishni amalga oshirish o‘qi-
tuvchining o‘rgatuvchi harakatlari asosida shakllanadi. Bu harakatlarni
shakllantirish o‘quvchilarni o‘z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb
etish, o‘zaro nazoratni tashkil etish, o‘rnatilgan mezonlar asosida o‘z
faoliyati natijalarini o‘zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning samaradorligi uni
samarali tashkil etilishi bilan bog‘liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetar-
licha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyat-
lariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik
aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi
o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etuvchi tadbirlarni ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining ma’lum bir fan asosida darsga tayyorgarlik ko‘ri-
shida quyidagi uchta bosqich muhim ahamiyatga ega: tashxislash, basho-
ratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish).
-
tashxislashda o‘qituvchi didaktik jarayon kechadigan barcha sharo-
itlarni oydinlashtiradi, uning natijalarini belgilaydi. O‘qituvchining tash-
xislashida o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari, ularning
faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobili-
yatlari, bilimdonlik darajasi, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat
qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
-
bashoratlash o‘qituvchi tomonidan bo‘lajak darsni samarali tashkil
etilishining turli variantlarini tanlab olib baholash va qabul qilingan
mezonlarga muvofiq darsni tashkil etishning eng ma’qul variantini tanlab
olish va qo‘llashdir.