215
amaliy negizi o‘z vaqtida berilmas ekan, uni oliy ta’lim
muassasasidan
keyingi kasbiy faoliyati jarayonida kashf etish har doim ham o‘z
samarasini bermaydi.
Har tomonlama kamol topgan, jamiyatda ilg‘or turmush tarziga
moslashgan, ta’lim va kasb - hunar dasturlarini hamda pedagogik va ax-
borot texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan doimo xabardor, ongli
ravishda ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, pedagogik-psixologik jihatdan bilim-
larga ega bo‘lgan, davlat va oila oldida javobgarlikni his etadigan fuqaro-
larni tarbiyalovchi o‘qituvchida yuksak nazariy va metodologik tayyor-
garlik bo‘lishi lozim.
Hozirgi zamon talablariga mos, axborot texno-
logiyalari hamda fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zlashtirgan,
milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni ta’lim tizimiga tatbiq eta oladigan
o‘qituvchidan yangicha kasb mahorati talab qilinadi.
O‘qituvchi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi uchun, avvalo o‘zi-
ning individual kasbiy xususiyatlaridan yuqori saviyada foydalanishi va
individual ishlay olish qobiliyatini mukammal shakllantirib borishi lozim.
Bu usul oliy ta’lim muassasasi faoliyatida o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar
jarayonida shakllantiriladi va kelajakda muvaffaqiyatni ta’minlovchi
individual, o‘ziga xos usullar tizimidan iborat bo‘ladi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni
tayyorlashda
kasbiy mahorat va omilkorlikni shakllantirish g‘oyasi yetakchi o‘rinda
bo‘lishi kerak. Yuqori malakali kasbiy mahoratni shakllantirish yo‘llari
har xil bo‘lishi mumkin. Bo‘lajak o‘qituvchi o‘z kasbiy mahoratining
shakllantirilganligini bildiruvchi kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalar
yig‘indisiga, pedagogik muomala madaniyatiga ega bo‘lishi kasbiy –
pedagogik omilkorlikning asosiy poydevori hisoblanib, o‘qituvchining
kasbiy mahoratini namoyon qiluvchi asosiy vosita hisoblanadi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida
yuksak mahoratli omilkor
o‘qituvchini shakllantirish uchta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bazaviy puxta tayyorgarlik (kasbiy va
pedagogik-psixologik bilimlar);
- metodologik bilimlarni egallash madaniyati;
- pedagogik ijodkorlik va kreativlik.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim tizimi bo‘lajak
mutaxassisni shakllantiradi va uni murakkab kasbiy faoliyatga tayyor-
laydi. Hozirgi kunda zamonaviy mutaxassis lozim bo‘lgan kasbiy sifat-
larning murakkab to‘plamini an’anaviy ta’lim jarayonida qisqa fursatda
egallashi lozim. Kasbiy tayyorgarlik jarayonida
barcha ijobiy xususi-
216
yatlar amaldagi ta’lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etib borgan
holda ular yangi zamonaviy bilimlar bilan to‘ldirilib borilsa, unga ratsio-
nal yondashuvlar joriy etilgan integral bilimlar tizimi bir-birini to‘ldirib
qo‘llanilganda shakllantirilishi mumkin.
Ushbu jadvalda o‘qituvchining ta’lim jarayonida muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan pedagogik mahoratini belgilab beruvchi yuqorida keltirilgan
uchta yo‘nalishdan har birining (bazaviy, metodologik, ijodiy) tashkil
etuvchi muhim jihatlari ko‘rsatilgan:
17 - chizma
.
Dostları ilə paylaş: