213
nisbatan o‘z hissiy munosabatini ifodalashda topgan tashqi shakllarni
mustahkamlashdir, u
o‘qituvchi tomonidan quyidagi yo‘llar orqali amal-
ga oshiriladi: darsning borishini, tadbirni fikran yodga tushirish; ko‘zgu
oldida takrorlash; namuna sifatida san’at (adabiyot, kino, rang tasvir)
asarlaridagi vaziyatlardan foydalanish.
Ta’lim jarayonida ijodiy kayfiyatni boshqarish – o‘qituvchi meh-
natining eng muhim kasbiy jihatdan talabi bo‘lib, u o‘qituvchining sinfda,
o‘quvchilar bilan muomalada erkin bo‘lishini, xulq-atvorining samarali
bo‘lishini ta’minlaydi. Pedagogik ijodkorlikning asosiy bosqichlariga
nisbatan o‘qituvchining ijodiy kayfiyatiga muomala ta’sirining quyidagi
jihatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) O‘qituvchi sinf jamoasi bilan bo‘ladigan dastlabki muomalani
oldindan payqashi, uning ijodiy kayfiyatini saqlovchi omil ekanligi.
2) Sinf jamoasi bilan dastlabki aloqa bevosita muomala paytida sodir
bo‘lishi, o‘qituvchi ijodiy kayfiyatini rag‘batlantiruvchi omil sifatida.
3)
O‘qituvchining sinf jamoasi bilan muloqoti tizimi, pedagogik
faoliyat jarayonida o‘qituvchining ijodiy kayfiyatini rivojlantirishni qo‘l-
lab-quvvatlaydi va rag‘batlantiradi.
4) O‘quvchilar bilan muomaladan qanoat hosil qilish, keyingi
pedagogik faoliyatda o‘qituvchining ijodiy kayfiyatini rag‘batlantiruvchi
omil ekanligi.
Pedagogik ijodkorlik va muomala jarayonida vujudga keladigan har
qanday zo‘riqishni, shuningdek, boshqa noxush holatlarni engish uchun
o‘qituvchi o‘z-o‘zini tarbiyalash yuzasidan doimiy faoliyat olib borishi
zarur. O‘z-o‘ziga ta’sir qilishning bir qator usullari mavjud bo‘lib, ular-
dan eng muhimlari quyidagilardir:
O‘z-o‘zini ishontirish, o‘z-o‘ziga buy-
ruq berish, o‘z-o‘zini majbur qilish, o‘z-o‘ziga majburiyat yuklash, o‘z-
o‘zini rag‘batlantirish, o‘z-o‘zini jazolash, o‘z-o‘zini mashq qildirish,
o‘z-o‘ziga ta’sir qilish.
O‘qituvchining o‘z-o‘ziga ta’sir qilishi (reflek-
siya) va uning samarali jihatlari alohida mavzu asosida o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: