209
da amaliyotda qo‘llay olish bilan bog‘liqdir. Ushbu ta’lim jarayoni bir
nechta maxsus darslarda amalga oshiriladi. Yangi mavzularni o‘rganish-
da davom ettiriladi.
Bunda o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarning naza-
riy bilimlar asosida egallagan malaka va ko‘nikmalarini, hayotiy ama-
liyotlarida turli vaziyatlarda qo‘llashni o‘zlashtirib olishlarini nazorat
qilishdan iborat.
Bilimlarni tekshirish (nazorat) darsida
o‘qituvchi o‘quvchilarning
fanlar yuzasidan o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish, ko‘nikma va mala-
kalarning shakllanganlik darajasini, o‘quv materiallarining o‘zlashti-
rishdagi kamchiliklarini aniqlash, shuningdek, navbatdagi topshiriqlarni
bajarish yo‘llarini belgilab olishiga yordam beradi.
Yuqorida ifodalangan dars turlarning samaradorligiga erishish o‘qi-
tuvchining pedagogik mahoratiga, pedagogik-psixologik metodlarni ta’-
lim jarayonida qo‘llay olish tajribasiga bog‘liq. Darslarning majburiy ele-
menti
tashkiliy va yakuniy bosqich
hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maq-
sadlarni qo‘yish va ularni o‘quvchilar tomonidan qabul qilish sharoit-
larini ta’minlash, bilimlarni idrok etish, anglash,
eslab qolish yuzasidan
beriladigan ko‘rsatmalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi. Darsga yakun
yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi. Shu bilan birga,
o‘qituvchi yangi, zamonaviy, odatdan tashqari ta’lim berishning dars–
ma’ruza, dars–seminar, dars–munozara, dars–konferensiya, dars–sayohat,
dars–musobaqa, mustaqil ish darslari kabi noan’anaviy ta’lim
metod-
laridan ham foydalanishi mumkin.
O‘qituvchi o‘z tajribalaridan va kasbiy mahoratidan kelib chiqqan
holda, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olib ta’lim jarayo-
nining quyidagi kombinatsiyalariga alohida e’tibor berishi lozim:
-
integral fanlarning ilg‘or yutuqlari,
kompyuter, pedagogik texno-
logiyalar va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish,
darsni hozirgi zamon o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida
tashkil etish;
-
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini
ta’minlash;
-
o‘quvchilarning
qiziqishlari, iqtidori va talablarini e’tiborga olgan
holda, ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish;
-
o‘quvchilarda fanlarning o‘zaro aloqadorligi asosida bilishga qiziqi-
shni rivojlantirish;
210
-
o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarga,
shuningdek, ular ongi va tafakkurini rivojlantirish darajasiga
tayanish;
-
o‘quvchining o‘zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo‘yicha mahoratini
har tomonlama shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
-
o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning barcha bosqichlarida mantiqiylik va
emotsionallikni ta’minlash;
-
pedagogik texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan o‘z o‘rnida
samarali
foydalanishni bilish;
-
zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyatning
ratsional usullarini shakllantirish;
-
mavjud bilimlarni dunyoviy bilimlar bilan doimo boyitib borish va
o‘z ehtiyoji
darajasida foydalanish;
-
har bir darsni yuksak mahorat bilan puxta loyihalashtirish, reja-
lashtirish, tashxislash va taxmin qilish.
O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rar ekan, asosiy maqsadga erishish
uchun ta’lim jarayonining quyidagi talablaridan foydalanib, o‘z imko-
niyatlariga erishishi lozim:
- ta’limiy;
- tarbiyaviy;
- rivojlantiruvchi.
Dostları ilə paylaş: