225
shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosida belgilaydi.
Shu bilan
birga,
tarbiyaviy faoliyat avvalo o‘qituvchining pedagogik mahorati,
yuksak tashkilotchilik faoliyatiga ham bog‘liqdir:
1.
O‘qituvchining tarbiyachilik mahorati – o‘quvchilar dunyosiga kirib
borishida, ularning mehriga sazovor bo‘lishida, ta’lim
muassasasidagi peda-
gogik faoliyatni to‘g‘ri va ma’lum bir maqsadga yo‘naltira olishida namoyon
bo‘ladi.
2.
O‘qituvchining tarbiyachilik mahorati – bu maktab o‘quvchisini har
taraflama rivojlantiruvchi pedagogik vaziyatlarni to‘g‘ri tashkil qila olish
malakasidir.
3.
O‘qituvchining tarbiyachilik mahorati – bu «o‘qituvchi-o‘quvchi»
munosabatini bir zumda ijobiy tomonga hal qilish emas, balki o‘quvchilar
jamoasi va alohida shaxsga tarbiyaviy ta’sir etish, jamoada tarbiyaviy mu-
hitni bir maromda tashkil qilishdir.
4.
O‘qituvchining tarbiyachilik mahorati – bu faqat kasbiy bilimlarni
mukammal egallash emas, balki tarbiya qonuniyatlari hamda o‘quvchilar
jamoasi hayotini tashkil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan usul va
metodlarning amaliyotga tatbiq etishidir.
5.
Bilim va unga asoslangan ko‘nikma va malakalar – o‘qituvchi tar-
biyachilik mahorati mohiyatiniig asosi hisoblanadi. O‘qituvchidan tarbi-
yachi sifatida intellektual qobiliyatlar tizimiga ega bo‘lish talab etiladi. U
tarbiyachi sifatida o‘zida ushbu qobiliyatlarni
yillar davomida shakl-
lantirib borishi zarur.
Prezidentimiz I.A.Karimov o‘qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyati-
ning asosiy mohiyatini shunday ta’riflaydi:
«Tarbiyachi – ustoz bo‘lish
uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahra-
mand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun,
eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob
berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak».
Demak, o‘z
faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar va doimiy izlanishda bo‘l-
gan tajribali o‘qituvchilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi
quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
- har qanday pedagogik vaziyatlarda o‘quvchining ichki va tashqi
dunyosini to‘g‘ri tushunish malakasi;
- pedagogik vaziyatlarni to‘g‘ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
- tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
- tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta
baholay olish qobiliyati;
226
- xilma-xil pedagogik taktlardan o‘zi uchun eng muhimini ajrata
olish qobiliyati;
- ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to‘g‘ri qaror qabul
qilish;
- tarbiyada ta’sir etishning turli usullaridan
foydalana olish qobili-
yati;
- fikr va mulohazalarini so‘z bilan, mimika va pantomimik hara-
katlar bilan o‘quvchi ongiga aniq etkaza olish;
- dars va darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilar bilan kommunika-
tiv aloqa o‘rnata olish qobiliyati;
- o‘quvchilar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o‘z fikr mulo-
hazalarini qo‘rqmasdan bayon qilish ko‘nikmalarini
tarbiyalash;
- qiyin holatlarda o‘quvchilarga yordam bera olish;
- tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishda o‘quvchilar jamoasi bilan doimo
maslahatlashish;
- o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan o‘quvchilarning
fikrlarini o‘rganish;
- o‘z-o‘zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish;
- har bir o‘quvchining yashirin ijobiy fazilatlarni ko‘ra olish va
takomillashtirish;
- o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishiga
qarab toifalarga ajrat-
maslik, bir xil munosabatda bo‘lish.
Dostları ilə paylaş: