O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   284
O‘z-o‘zini anglash.
Mamlakatimizda mustaqillikdan keyin joriy 
etilgan
“Ta’limning yangi modeli, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin 
shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr
-
qimmatini anglay-
digan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega 
bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘lamiz”.
(“Tarixiy 
xotirasiz kelajak yo‘q” “Muloqot” jurnali, 1998 yil, 5-son). O‘qituv-
chining vazifasi va burchi tarbiya natijasida o‘quvchida milliy qadri-
yatlarga e’tiqod, milliy mafkura, demokratik qarashlar va hayotiy pozit-
siyani shakllantirishdan iborat. Tarbiya mazmunining eng muhim 
xususiyatlaridan biri – bu insonning hayotiy jihatdan o‘z-o‘zini anglashi, 
uning shaxsiy hayoti va faoliyati o‘zi yashab turgan muhitning subyekti 
sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, 
kasbiy va axloqiy jihatdan o‘z-o‘zini anglash muhim ahamiyatga ega. 
O‘qituvchi o‘quvchilarni, o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni o‘z ustida ongli, 
batartib ishlashga o‘rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi. 
O‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlariga ko‘nikma hosil qildirish 
o‘qituvchining mahoratiga, tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishiga 
bog‘liq. O‘quvchilar odatda yaqin kishilarining, ba’zan o‘qituvchilarining 
xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z pedagogik 
mahoratiga tayanib, o‘quvchi qalbida o‘ziga nisbatan ishonch, mehr 
tuyg‘ularini uyg‘ota olishi lozim. O‘quvchilar o‘qituvchining darsda va 
hayotda o‘zini qanday tutishini, kiyinishi, muomalasini, kishilar bilan 
o‘zaro munosabatini kuzatib boradilar. Bu ham o‘quvchilarning o‘z-
o‘zini tarbiyalashda ta’sirchan vosita hisoblanadi va ijtimoiy mavqeini 
oshirishning muhim usulidir. O‘quvchilar o‘qituvchining bevosita nazo-
ratida ta’lim va tarbiya jarayonida, dam olishda, jamoat ishlarida, o‘z-
o‘zini tarbiyalash usullariga ko‘nikma hosil qiladilar, bu usullar o‘quv-
chilarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga undaydi. 
O‘qituvchi tarbiya jarayonida quyidagi “O‘quvchilarning o‘z-o‘zini 
tarbiyalash metodlari”dan foydalanishi mumkin: 
- o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat qilish; 
- o‘z-o‘zini baholash (tengdoshlariga taqlid qilish asosida); 
- izohlash (o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlari izohlanadi); 
- munozara (o‘quvchilarga siyosiy, madaniy, estetik, huquqiy 
mavzularda og‘zaki ta’sir o‘tkazish). 


230 
Ixtiyoriylik.
Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oya-
lari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”da va ta’lim-tarbiyani yanada takomillashtirishga qaratilgan qator 
hujjatlarda shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllan-
tirishga birlamchi e’tibor berilgan. Zero, erkinlik ta’minlangan jamiyatda 
fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyatning kuchli bo‘lishi garovidir. 
Erkinlik tufayli o‘quvchi irodasi shakllanadi, u bir necha imkoniyatlardan 
birini ixtiyoriy tanlab oladi, ta’lim tizimida o‘quvchilarga ushbu imko-
niyatlar yaratilgan, ularning erkinlik huquqlari ta’minlangan.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon
bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini 
yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi subyektiv va obyektiv omillar 
ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi subyektiv omillar asosida o‘quvchilarning 
ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini ang-
lashga yordam bersa, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, 
shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etishi uchun sharoit yara-
tadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obyektiv sha-
roitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, o‘quvchi shaxsini maqsadga 
muvofiq shakllantirish borasida o‘qituvchi muvaffaqiyatga erishadi. 
O‘qituvchilar tarbiya jarayonining ko‘p qirrali ekanligini, uni tashkil etish 
va boshqarishda nafaqat tarbiyachi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va 
psixologik xususiyatlari, shaxsiy o‘ziga xos jihatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy 
qarashlari ham muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligi kerak. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin