O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   284
13.2. Tarbiya texnologiyalarini modellashtirish 
 
Modellashtirish – obyektlarda ijtimoiy reallikning muayyan qism-
larini tadqiq etish uslubi hamda predmetlar va hodisalarning real mavjud 
bo‘lgan hamda quriladigan modellarini o‘rganish va ishlab chiqishdir. 
Shunday ekan, tarbiya texnologiyalarini ham ishlab chiqish va amalga 
oshirishda modellashtirishdan foydalanish ularni yaxlit pedagogik hodisa 
sifatida uslublarini o‘rganib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Modellashtirishning shakli va qo‘llanilishi foydalaniladigan modellar 
va ularni qo‘llash sohalariga bog‘liq. Tarbiya texnologiyalarining sama-
radorligini oldindan ko‘ra bilish yoki loyihalashtirishda va tadqiq etishda 
modellashtirishdan foydalanish to‘g‘risidagi muammo “pedagogik 
modellashtirish” nomini olgan. 


239 
Modellar xarakteriga ko‘ra predmetli va belgili (informatsion) mo-
dellashtirishga bo‘linadi. Shartli ravishda ular asl obyektning belgilangan 
funksional xususiyatlarini ifodalaydi.
Pedagogik faoliyatda maxsus reja asosida olib boriladigan tadqiqot 
modellari 
predmetli modellashtirish 
deb ataladi.
Jadvallar, chizmalar, formulalar kabi modellar 
belgili modellash-
tirish
sifatida namoyon bo‘ladi.
Modellashtirilishi lozim bo‘lgan obyektning xarakteri va yosh xusu-
siyatlariga ko‘ra avvalo, uning xulq-atvori (unda kechadigan tarbiyaviy 
jarayonlarga amal qilinishi) modellashtiriladi. Bunda tarbiya texnolo-
giyasining quyidagi ikkita muhim jihatini e’tiborga olish zarur:
1. Barcha tarbiyalanuvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan tarbiyaviy 
jarayonni modellashtirish.
2. Pedagogik faoliyatda mukammal tarbiyalanishi mumkin bo‘l-
magan tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan o‘zaro tarbiyaviy faoliyatni 
modellashtirish. 
Tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda model-
lashtirishdan foydalanishning bayon etilgan nazariy asoslaridan tashqari 
yana bir nechta mustaqil, biroq o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi kuchga ega 
bo‘lgan tarbiyaviy jarayonning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq jihatlarini 
ajratib ko‘rsatish mumkin:

tarbiyaviy faoliyatda obyekt va subyektning o‘zaro kommunikativ
munosabati;

bir maqsadga qaratilgan va aniq mazmunga ega tarbiyaviy 
metodlar;

uzluksiz faoliyatli tarbiyaviy jarayon va uning ijobiy natijalari; 

guruh jamoasi norasmiy etakchisi (lideri)ning tarbiyaviy jarayonga
ta’siri.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin