Tarbiyaning yaxlitligi deganda tarbiyalash va o‘qitish jarayonlari-
ning, shuningdek, o‘quvchilarni jamiyat talablari asosida kamolotga
etkazish va shakllantirishga qaratilgan maqsadning ajralmas birligi tushu-
niladi. Tarbiyalash va o‘qitish, garchi ilm-fan ularni farqlasada, bir-biriga
bog‘liq va ko‘p umumiylikka ega. Shu ma’noda uzoq tarixga ega milla-
timiz
“ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratmagan – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” (I.A.Karimov.) . O‘qitishning
mazmunini asosan dunyo haqidagi ilmiy bilimlar tashkil etadi. Tarbi-
yaning mazmunida me’yorlar, qoidalar, qadriyatlar, ma’naviy boyliklar
ustunlik qiladi. O‘qitish asosan aql-idrokka ta’sir ko‘rsatadi, tarbiyalash
esa, birinchi navbatda, shaxsning doimiy iste’mol sohasiga aylangan.
Ikkala jarayon shaxsning ongi va xulq-atvoriga birday ta’sir ko‘rsatadi va
ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratadi. Qanchalik yaqin bo‘lishiga qara-
may, bu o‘ziga xos jarayonlar bo‘lib, ilm-fan ularni tarbiya nazariyasida
va didaktika (ta’lim jarayoni)da alohida ko‘rib chiqadi. Bunda o‘qituvchi
tomonidan zamonaviy shart-sharoitlarga asoslangan holda uslubiy tamo-
yil va, ayniqsa, dolzarb hisoblangan butun pedagogik jarayonning yaxlit-
ligi ta’minlanadi.
Tarbiyaning tizimliligi tarbiyaviy jarayonda umumiylikni tashkil
etadi, chunki tarbiyaviy jarayonlar bir nechta tizimlarning turli xusu-
siyatlaridan iborat. Aytish mumkinki, tarbiyaviy jarayonlar — bu tarbi-
yaviy tizim holatlarining ketma-ket almashinuvidir. Tarbiyaviy jarayonni
tizimli ravishda ko‘rib chiqish, tizim va jarayonning tuzilmaviy xusu-
siyatlarini, shuningdek, ular o‘rtasidagi funksional aloqalarning ajratib
ko‘rsatilishini ifodalaydi. O‘qituvchi uchun har bir tarbiyaviy uslubning
o‘ziga xos xususiyatini, mohiyatini, birining boshqasiga ta’siri natijasida
o‘zgarishini anglab yetishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, tarbi- yalash maqsadi uning mazmunini belgilab beradi, tarbiya ko‘rganlik darajasi esa tarbiyalash usullarini tanlashga ta’sir ko‘rsatadi va hokazo. Pedagogik jarayonda