O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


 O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   284
11.5. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga 
tayyorgarligi 
Har qanday ta’lim muassasasida tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida 
o‘quvchining faoliyati o‘qituvchining bevosita rahbarligi ostida kechadi. 
O‘qituvchining vazifasi pedagogik mahorat imkoniyatlaridan foydalanib, 
o‘quvchilarni fan asoslarini chuqur egallashga yo‘naltirish, bilim olishga 
va kasbiy mahorat sirlarini bilishga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ijtimoiy 
borliqqa nisbatan erkin va ongli munosabatni tarbiyalashdan iboratdir.
O‘qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi 
bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin va o‘qituvchi o‘zining ijodkorligi
pedagogik mahorati nuqtai nazaridan ushbu jarayonni tashkillashtiradi:
1)
Rejalashtirish. 
2)
Tashkil etish. 
3)
O‘quv harakatlari. 
4)
Natijalarni baholash va tahlil qilish. 
O‘qituvchi faoliyatida 
rejalashtirish
bosqichi kalendar-tematik yoki 
darslarning rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar 
yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ijodiy faoliyat lozim bo‘ladi. 
O‘qituvchi mustaqil ravishda o‘quvchilarning tayyorgarliklari darajasini, 
ularning o‘quv imkoniyatlarini, moddiy baza holatini, shaxsiy (kasbiy) 
imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab 
olishi, dars olib borish shakli va metodini ishlab chiqishi kerak. 
O‘quvchilarga dars o‘tish faoliyatini 
tashkil etish
uchun o‘qituvchi 
o‘quvchilar oldiga o‘rganilgan mavzu asosida o‘quv masalalarini qo‘yishi 
va uni bajarishi uchun imkoniyatlar yaratishi lozim. Bunda o‘quvchi-
larning faoliyati bilim olishdan iborat bo‘ladi. Bilim olish faoliyatining 
o‘ziga xos xususiyati faoliyat qonuniyatlariga egaligidir. Bilim olish 
borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajribalar asosi-
da xulq-atvor hamda ko‘nikma va malakalarning mustahkamlanib bori-
shi, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borishi jarayoni. Bilim oli-
shning ushbu komponenti ta’limiy xarakterga ega bo‘lgan faoliyat 
natijasida rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir. 


219 
Bilim olishning yana bir komponenti 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin