O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   284
axborot modelini
qurish mala-
kasini nazarda tutadi. 
Modellashtirishni real olamdagi hodisalar, jarayonlar va obyektlarni 
tadqiq qilishning universal usuli sifatida qarab, axborot modelini qurish 
metodiga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘quvchini tadqiqot ishlariga jalb etadi, 
uning modellashtiriladigan holatlarda faol ishtirok etishi uchun sharoit 
yaratadi. 
O‘qituvchining axborotlarni modellashtirish metodlariga ega ekanli-
gini ko‘rsatuvchi yana boshqa variantlardan biri – bu darsda multimediali 
prezentatsiyalarni yarata olishi va ulardan foydalana bilishidir. Ular o‘quv 
materialini algoritmik tartibda mukammal ma’lumotlar bilan to‘ldirib, 
yorqin tayanch obrazlar tizimi sifatida ifodalash imkoniyatini beradi.
Shu o‘rinda Microsoft Offisedan foydalanish o‘qituvchilarga o‘zi-
ning multimedia ma’ruzalarini yaratish, topshiriqlar, testlar va boshqa 
turli xil materiallarni yaratish imkoniyatini berishni ta’kidlab o‘tamiz. 
Kompyuterda ma’ruza o‘qish o‘qituvchi uchun yangi ish quroliga aylan-
moqda: namoyish qilish vositalari (slaydlar, videoroliklar, animatsiyalar) 
o‘quvchilarda obrazli tasavvurlarni va ular asosida tushunchalarni shakl-
lantirishga yordam beradi. 
O‘quv–metodik qo‘llanmada mavjud bo‘lgan o‘quv–namoyish mate-
riallari kolleksiyasidan foydalanib, o‘qituvchi turli xil axborot resurs-
laridan faol material izlashni boshlaydi, bu jarayonga o‘quvchilarni ham 
jalb etadi. Bunday hamkorlikdagi faoliyat o‘quvchilarning bilish faoli-
yatini rag‘batlantiribgina qolmay, balki o‘quvchi va o‘qituvchini yagona 
loyiha ustida ishlovchi maslakdoshlar sifatida birlashtiradi. 
Zamonaviy o‘qitishni internet resurslaridan foydalanishsiz tasavvur 
qilib bo‘lmaydi. Internet tarmog‘i ta’lim xizmatlarining juda katta potens 
ialiga ega. Elektron pochta, izlash tizimlari, elektron konferens iyalar, 
elektron olimpiadalar va viktorinalar zamonaviy ta’limning tarkibiy 
qismiga aylanmoqda. Ushbu ta’lim xizmatlaridan, ham darsda, ham dars-
dan tashqari faoliyatda foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 
Internet ta’lim resurslaridan foydalanish o‘qituvchini ta’lim jarayonining 
menedjeriga aylanishga undaydi.


287 
Pedagogik mahorat tarkibiy tuzilishida axborot madaniyatining 
imkoniyatlarini oshirish zaruriyati quyidagi omillar bilan aniqlanadi: 

axborot hajmining keskin ortishi; 

zamonaviy fan integratsiyasi va differensiatsiyasi tufayli yuzaga 
kelgan axborot tarqalishining muqarrarligi; 

ilmiy va ijtimoiy paradigmalar almashinuvi tufayli bilimlarning 
juda tez eskirishi. 
O‘qituvchilarning axborot madaniyatini shakllantirish va rivojlan-
tirish ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning ajralmas qismi 
ekanligi shubhasizdir.
Kompyuterda ishlashning oddiy ko‘nikmalari o‘qituvchining kasbiy 
axborot faoliyatini takomillashtirishdagi birinchi qadamdir.
O‘qituvchining axborot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish 
ta’lim muassasasi ma’muriyati, xususan, direktorning axborotlashtirish 
ishlari bo‘yicha muovini, munitsipial metodik xizmatlar, malaka oshirish 
institutlari zimmasiga yuklatiladi.
Ta’lim muassasalari darajasidagi faoliyatlar 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin