O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


 O‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishda pedagogik



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   284
15.2. O‘qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirishda pedagogik 
refleksiyaning ahamiyati 
Yu.N.Kulyutkina, Ya.S.Turbovskiy, P.V.Xudominskiy kabi tadqi-
qotchi olimlarning fikricha, o‘qituvchining doimiy pedagogik faoliyati, 
mazmunan refleksiv xususiyatga ega bo‘lib, u barcha refleksiv jarayon-
larni qamrab oladi. Qayd etish joizki, hozirgi kungacha pedagogik ref-
leksiya tushunchasining mukammal tasnifi mavjud emas. Ehtimol maz-
kur hodisani o‘rganish psixologiya, pedagogika, pedagogik psixologiya, 
falsafa kabi fanlarning o‘zaro aloqadorligida amalga oshirilishi bilan 
bog‘liq holda hal qilinar. B.Z. Vulfov, V.N.Xarkin kabi olimlar ref-
leksiyani – insonning o‘z–o‘zini anglashi…, kasbiy refleksiyani esa – 
o‘z–o‘zini kasbiy faoliyati davomida anglashi, o‘qituvchi mahoratida 
pedagogik refleksiyani – pedagogik kasbiy omilkorlikda o‘zini anglashi 
deb ta’riflaydilar.
G.M.Kodjaspirova o‘qituvchining pedagogik faoliyati barcha qirrala-
ri bilan refleksiv hodisa bo‘lsa, demak bu pedagogik refleksiya, degan 
nuqtai nazarni ilgari suradi.
Shu munosabat bilan ta’kidlash joizki, o‘qituvchining kasbiy faoli-
yatida refleksiya muhim rol o‘ynaydi. B.Z.Vulfovning fikriga ko‘ra, 
kas-
biy refleksiya
jarayonida o‘qituvchi o‘zi tanlagan pedagogik kasbi talab 
qiladigan darajada o‘z imkoniyatlarini, u haqdagi mavjud tasavvurlarini 
pedagogik tajribasining muhim jihatlari bilan nisbatlaydi, va «ixtiyoriy 
ravishda shaxsiy pedagogik mahorat zanjiri»ni hosil qiladi. Uning fikr 
mulohazasi L.S.Rubinshteynning pedagogik faoliyatdagi tashqi sabab-
larning ichki shart

sharoitlar asosida bilvosita harakati haqidagi mashhur 
qoidasini tasdiqlaydi.
O‘qituvchi pedagogik mahoratning asosiy xususiyatlaridan biri uning 
rivojlanishida uzluksizlikning mavjudligidir. Demak, refleksiv jarayonda 
o‘qituvchining kasbiy mahorati, kasbiy sifatlari mavjudmi yoki yo‘qmi 
deb qayd etish kerak emas, balki ularning 
rivojlanishini, boyib borishini, 
kuchayishini rag‘batlantirish inobatga olinishi lozim
. Ta’lim jarayoni 
aynan shunga xizmat qilishi kerak, qachonki bilimlar, ko‘nikma va 
malakalar ongli ravishda o‘z–o‘zini takomillashtirishga ichki undov bilan 
qabul qilinsagina u ishlanadi.
O‘qituvchining «o‘z–o‘zini kasbiy jihatdan har tomonlama mukam-
mal takomillashtirishi», hamisha amalga oshadigan faoliyat emas. Shun-
ga qaramay, o‘qituvchining o‘zi haqidagi deyarli har qanday fikr-mulo-
hazasi, kasbiy refleksiyaning deyarli har bir jarayoni, kasbiy faoliyatni 


299 
qiziqarli qilish uchun muhim ahamiyatga ega: chin ko‘ngildan va mehr 
bilan bajariladigan og‘ir mehnat ham kasbiy faoliyatni osonlashtiradi, bu 
esa refleksiyaning asosiy mazmun va mohiyati asoslaridan biridir. 
Pedagog olimlar G.A.Golitsin va G.P.Shedrovitskiyning ishlarida 
refleksiyaga o‘qituvchi pedagogik faoliyati rivojlanishining asosiy omili 
va tabiiy mexanizmi sifatida katta ahamiyat berilgan. G.P.Shedrovitskiy 
refleksiyani insonning «ijobiy faoliyatlari majmuasi» nuqtai nazaridan 
o‘rganishni taklif qiladi. U qandaydir pedagogik faoliyatni amalga oshi-
rish mumkin bo‘lmasa, bu g‘oya asosida ushbu faoliyat doirasidan tash-
qariga «refleksiv chiqish» tizimi quriladi, deb hisoblaydi. Bunda inson 
amalga oshirilmagan faoliyatdan, yangi faoliyat pozitsiyasiga o‘tadi va 
«fikran ma’nolar qurish» vositalariga ega bo‘ladi, ulardan kelib chiqib
birlamchi faoliyatni tushunadi va tavsiflaydi, bunda ikkinchi yangi fao-
liyatda birinchisidan muhim «material» sifatida foydalanadi. 
Olimlarning bu kabi xulosalari 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin