O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   284
“Refleksiya 
– 
o‘z–o‘zini tahlil qilish bo‘lib, o‘z–
o‘zicha belgilangan maqsadga erishish emas, balki bilim olish, tajriba 
orttirish usuli, ijodga, kasbiy jihatdan takomillashishga nisbatan 
rag‘batlantirishdir”. 
Ilmiy adabiyotlar tahlili, shuningdek o‘qituvchi faoliyatida peda-
gogik tajriba o‘qituvchilar pedagogik mahoratini oshirishning diagnostik 
metodikalaridan foydalanish va olingan natijalar tahlili pedagogik tash-
xislashni o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi rivojlanishini ta’minlaydigan 
usullardan biri sifatida baholashga imkoniyat beradi.
Zero, o‘qituvchi ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishda “tajriba 
o‘rganishdan maqsad va uning vazifalarini rejalashtirish, dolzarb mav-
zuni aniqlash, maktab amaliyotida mohir o‘qituvchilarning yutuqlarini 
o‘rganish, materiallarni to‘plash, tahlil qilish, xulosa chiqarish” kabi 
vositalardan foydalanadilar. 
Shuningdek, ta’kidlamoqchimizki, pedagogik tashxislash qayd 
qiluvchi emas, balki maqsad hosil qilishni belgilovchi (prognostik) xa-
rakterga ega bo‘lganligida samarali bo‘ladi, bu o‘qituvchining kasbiy 
refleksiyasi rivojlanishi asosida amalga oshiriladi. Ayni paytda aynan 


313 
ta’lim–tarbiya jarayonida maqsad hosil qiluvchi tashxislash uning rivoj-
lanish qobiliyatini ta’minlaydi. 
Xulosa qilib aytilganda, o‘qituvchi tomonidan o‘z kasbiy faoliyati 
natijalarini anglab etishi uning pedagogik faoliyatni amalga oshirishini 
yanada takomillashgan usullarini izlash va ularni o‘zlashtirish zaruriya-
tini ta’minlaydi. Faoliyatni o‘zgartirish esa, ma’lumki, faoliyat subyek-
tining o‘zgarishiga olib keladi. O‘qituvchining analitik (tahlil qilish) 
qobiliyatlari rivojlanishi jarayonida uning kasbiy refleksiyasi ham 
rivojlanadi, bu o‘z navbatida, o‘qituvchining o‘z–o‘zini rivojlantirish 
jarayonini ma’lum bir yo‘nalishga solib, uning shaxsiy ijodiy faolligini 
oshiradi.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin