304
Ko‘pchilik olimlar refleksiyani o‘qituvchi tomonidan o‘zining
faoliyati va uning natijalarini tahlil qilish va o‘zini baholash jarayonida
rivojlanishini aytadi va «refleksiyani boshqarish imkoniyati va zaruriyati
shundan iboratki, o‘qituvchi uzluksiz ta’limning qaysi sohasida faoliyat
ko‘rsatmasin, o‘zining ongli ravishda ichki ta’sirini (o‘z–o‘zini o‘ylashga
va fikrlashga majbur qilish) va tashqi ta’sirini, shaxsiy o‘quv jarayonida
boshqarib qo‘llay oladi» deb ta’kidlaydilar.
Ilmiy adabiyotlar tahlili va kasbiy refleksiyani o‘qituvchi pedagogik
faoliyatining tarkibiy qismi va uning pedagogik mahoratini rivojlantirish
asoslari sifatida qarash (15.2. - bo‘lim), shuningdek qayd qiluvchi eks-
periment natijalari kasbiy refleksiyani rivojlantirish usullarini izlash
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Shu sababli kasbiy pedagogik faoliyatning
turli sohalari bilan shug‘ullangan olimlar tashhis (diagnostika) va
tashhislash (diagnozlash) mazmuniga yanada batafsil to‘xtalganlar.
Dostları ilə paylaş: