O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   284
kasbiy refleksiya
o‘qituvchining o‘z–
o‘zini rivojlantirishda (bu uning o‘z ijodiy mehnati natijasidan qoniqmas-
ligi aslo mumkin emasligi bilan belgilanadi) shijoati, kasbiy faoliyatiga 
oid yangiliklarni muntazam izlanishida, ijodkorligida namoyon bo‘lishi 
bilan asoslanadi, demak refleksiya o‘qituvchining o‘z–o‘zini kasbiy 
takomillashtirishiga ham asos bo‘ladi, deb aytish mumkin. 
Kasbiy pedagogik faoliyatda refleksiv jarayonlarni o‘rganib ta’kid-
lash mumkinki, refleksiya nafaqat pedagogik faoliyatni rejalashtirish 
bilan bog‘liq hodisa, balki refleksiya mohiyatini kasbiy faoliyatni opti-
mallashtirish maqsadida ham qo‘llanadi. Ba’zi olimlarning fikricha, ref-
leksiya – asrlar davomida o‘qituvchining kasbiy faoliyatida to‘planib 
kelingan tajribalarida, uning xulq–atvori, muloqot madaniyati, tafak-
kurida yig‘ilgan eski andozalarni, kamchiliklarni bartaraf etish imko-
niyatini beradi (G.F.Pojmelkina, E.Yu.Koloshina, E.V.Frolova). 
O‘qituvchining kasbiy refleksiyasiga pedagogik fikrlashning zarur 
tarkibiy qismi sifatida qarash mumkin, u o‘qituvchiga o‘z kasbiy faoli-
yatiga tahliliy yondashishni, o‘zining pedagogik faoliyatdagi o‘rnini 
aniqlash va rejalashtirilayotgan ishlarda ijobiy natijalarga erishish 
uchun pedagogik faoliyatni maqsadli o‘zgartirishning optimal yo‘llari va 
konstruktiv vositalarini topish imkoniyatini beradi.
Refleksiyaning kasbiy qiyinchiliklarni engishdagi rolini o‘rgangan 
V.A.Metayevaning ishlari hozirgi kunning eng dolzarb tadqiqotlaridan 
biri sanaladi. Olima refleksiyaning rivojlanganlik darajasi 
«o‘qituvchi-
ning kasbiy faoliyatidagi qiyinchiliklarni samarali hal qilishning asosi 


300 
bo‘lmish» 
pedagogik mahorat natijasida muvaffaqiyatlarga erishishiga 
bog‘liq, degan xulosaga keladi. Biroq, 
bizning fikrimizcha, o‘qituvchi 
pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishi unda refleksiyaning 
mukammal rivojlanganlik darajasini belgilamaydi, aksincha ta’lim-
tarbiyada o‘qituvchining muvaffaqiyatga erishishi, o‘z faoliyati natija-
laridan qoniqishi, o‘qituvchining shakllangan kasbiy pedagogik reflek-
siyasiga bog‘liq. 
Pedagogik refleksiya o‘qituvchiga o‘z–o‘zini kasbiy jihatdan tako-
millashtirish manbalarini o‘z bilimi va imkoniyatlaridan izlab topishda 
ko‘maklashadi hamda uning rivojlanishini ta’minlaydi.
Inson psixikasi ichki tizimlari tashqi ijtimoiy faoliyat strukturasini 
qizg‘in o‘zlashtirish jarayonida shakllanishini, tashqi faoliyatning ichki 
faoliyatga o‘tishini ta’minlaydigan interiorizatsiya (tashqi omillarning 
ichki omillarga o‘tishi) nazariyasiga (P.Jane, J.Piaje, A.Vallon, 
A.A.Leontev va boshqalar)
20
asoslanib, aytish mumkinki
kasbiy reflek-
siyaning rivojlanish muammosi
o‘qituvchining pedagogik mahoratini 
oshirish asosi sifatida o‘rganiladi.
O‘qituvchi o‘z faoliyatini muntazam tahlil qilmasligi aslo mumkin 
emasligi isbotlangan, bu o‘qituvchidan kasbiy faoliyati davomida atro-
fidagi insonlar (o‘quvchi, ota-ona, hamkasblari) bilan muntazam kommu-
nikativ munosabatni tashkil etish pozitsiyasida tura olishini talab qiladi
o‘qituvchida bu faoliyat subyekti sifatida o‘ziga refleksiv munosabatni 
shakllantiradi, bu esa ijtimoiy munosabatlar interiorizatsiyasi (tashqi 
omillarning ichki omillarga o‘tishi) natijalarini o‘zida aks ettiradi. 
Demak, refleksiya, garchi ong funksiyasi sanalsada, kishilarning o‘zaro 
munosabatlari yig‘indisi ta’sirida shakllanadi va inson psixikasiga 
sezdirmasdan o‘tadi, u o‘z navbatida, inson faoliyatini ongli ravishda 
o‘zgartirish mazmunini belgilaydi.
Ma’lumki, har qanday kasbiy faoliyat obyektni o‘zgartirish jarayoni 
bo‘lib, ayni paytda, subyektning o‘zini ham o‘zgartirish jarayonidir, fao-
liyatning sifat va samaradorligini oshirish esa shaxsning faoliyat subyekti 
sifatida takomillashuviga olib keladi yoki aksincha bo‘lishi ham mumkin. 
Bu qoida A.A.Leontevning 
«shaxsni tadqiq qilishning to‘g‘ri yo‘li 
ijtimoiy munosabatlarda subyekt faoliyati natijasida o‘zi – o‘zini hara-
katlantirish evaziga hosil bo‘ladigan transformatsiyalarni (shakl yoki 
20
Qarang: Kratkiy psixologicheskiy slovar /Red – sost. L.A.Karpenko; Pod obshch.red. A.V.Petrovskogo, 
M.G.Yaroshevskogo. _ Rostov –na – Donu.1998, -106, 137, 257. J.Piaje. Izbrannie psixologicheskie trudi. 
Psixologiya intellekta. Genezis chisla u rebenka. Logika i psixologiya. –M.1969; A.A.Leontev. 
Deyatelnost.Soznanie. Lichnost. –M. 1975. 


301 
qiyofaning o‘zgarishi) o‘rganishdan iborat»
ekanligi haqidagi xulosasi 
refleksiv jarayonlarni o‘rganish uchun ham asos sanaladi.
O‘qituvchi pedagogik faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘p 
yillik tajribalar asosida qilingan nazariy xulosalar pedagogik mahoratning 
rivojlanish jarayonini beshta elementdan iborat tizim asosida o‘rganish 
imkoniyatini beradi. Bu o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi rivojlangani 
sari kechadigan va uning asosida uzluksiz pedagogik kasbiy mahoratini 
va o‘z – o‘zini takomillashtirish imkoniyatini ta’minlaydigan jarayonlarni 
chuqurroq tushunishni ta’minlaydi (

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin