319
v) mutaxassislikka oid ma’lumotlardan to‘g‘ri
foydalana olishi
uchun diqqatni jamlay bilish.
3-yo‘nalish. O‘quvchilar guruhi bilan ishlay olish:
a) pedagogik faoliyatning shart-sharoitlari va guruh jamoasidagi
ma’naviy holatni boshqara olish;
b) guruh jamoasidagi psixologik muhitni
doimiy nazorat qilish;
v) ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarga ijodiy yondashuv;
g) pedagogik faoliyatga insonparvarlik va demokratik prinsiplar
asosida
yondashish;
d) o‘quvchilar xulqi va bilimini o‘z vaqtida rag‘batlantirib borish;
e) jamoada shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni to‘g‘ri
tashkil etish;
j) o‘quvchilarning kundalik rejimga to‘g‘ri va doimiy rioya qilishini
tashkil etish.
Pedagogik mehnatni ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda o‘qituv-
chining kun tartibi muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchi o‘zi uchun eng opti-
mal bo‘lgan va yuqori samara beradigan kun tartibini tanlay olishi lozim.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda qo‘yiladigan
talablar
ilk bor I.P. Rachenko, R. Rasulova kabi olimlar tomonidan tadqiq qilin-
gan. Ularning tavsiyasiga ko‘ra o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda to‘g‘ri
tashkil etishda eng muhim talablar deb quyidagilarni e’tirof etadilar:
Dostları ilə paylaş: