O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   284
tamoyillar
asosida takomillashtirilib boriladi.
Pedagogik mehnatning samaradorligi, maqsadi va faoliyat vazifasiga 
ko‘ra aniq bir yo‘nalishni belgilash o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda 
tashkil etishning birinchi tamoyilidir. 
Ikkinchi tamoyil mutaxassislikka oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirib 
qizg‘in pedagogik faoliyat uslubini belgilash. 
Uchinchi tamoyil pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etishda 
axborot va kompyuter texnologiyalari vositalaridan samarali foydala-
nishni mukammal bilish tushuniladi. Bunda ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalar ham e’ti-
borga olinadi. 
To‘rtinchi tamoyil ta’lim-tarbiya birligini ta’minlagan holda peda-
gogik faoliyatni rejalashtirish. Ushbu tamoyil reja asosida ta’lim-tarbi-
yaviy faoliyatni tartibga solish, uning modelini yaratish, tayanch 
tizimlarni topish kabi masalalardan tashkil topgan. 
Pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida rejalashtirmasdan turib 
shaxsni va jamoani tarbiyalash va ularni har tomonlama kamol topti-
rishning ustuvorligini ta’minlash mumkin emas, bu esa jamiyatga ham 
ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar keltiradi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish 
va hisobga olish o‘qituvchi faoliyatini muntazam kuzatib borish yutuq va 


321 
kamchiliklarini aniqlash, muhimlarini ajratib olishni nazarda tutadi. 
Hisobga olishning eng maqbul yo‘li statistik hisobga olishdir. Pedagogik 
nazoratda obyektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va osh-
koralik talab qiladi. 
O‘qituvchi mehnatini nazorat qilish va hisobga olishning munta-
zamligi, izchilligi quyidagilardan tashkil topadi: 

o‘quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlanishni o‘zi 
tomonidan nazorat qilinishi; 

darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiyani nazorat qilish va 
o‘zining yutuq va kamchiliklarini kuzatish; 

o‘qituvchining darsdan tashqari vaqtini o‘zi nazorat qilishi; 

ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ta’lim-tarbiyaviy 
faoliyatni nazorat qilish; 

o‘z ustida muntazam ishlash, ijod qilish. 
O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda har jihatdan mukammal tashkil 
qilish mamlakatimizning mustaqillik prins iplariga sadoqatli hamda ja-
miyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir yosh avlodni shakl-
lantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchi o‘zining qizg‘in 
mehnatini pedagogik jamoa, ota-onalar, oila, mahalla qo‘mitalari, turli ja-
moatchilik markazlari bilan o‘zaro puxta hamkorlikda olib borgandagina 
ta’lim-tarbiyaning samaradorligi yanada oshadi.

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin