324
Demak, o‘qituvchining iqtidori va qobiliyati uning mehnatini har
tomonlama mukammal shakllantirib, ilmiy jihatdan ijodkorligini to‘g‘ri
tashkil etishga ta’siri cheksiz ekanligidan dalolat beradi. Iqtidor va
qobiliyat o‘qituvchining mehnat faoliyatida:
o‘z kasbiga bo‘lgan munosabati asosida
kasbiy ehtiyojini ku-
chaytiradi;
kasbiy faoliyatga chinakam qiziqish namunalarini rivojlantiradi;
pedagogik mahorat asoslarini egallashda bir maqsad sari intiluv-
chanlikni shakllantiradi;
o‘z ilmiy mehnati uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ijodkorlik sifatlari
majmuasining yuzaga kelishini ta’minlaydi.
O‘qituvchining iqtidori va qobiliyati psixologik texnologiyalar
bilan kuchaytirilib modifikatsiyalanadi va o‘qituvchining
mehnat faoli-
yatida bu muhim ahamiyat kasb etadi: muloqot qilish (kommunikativ),
voqealarni oldindan ko‘ra olish, eshitish va his qilish, o‘zligini bilish,
tushunish va his qilish
kabi qobiliyatlar o‘qituvchi mehnatida muhim
ahamiyat kasb etadi.
Iqtidor va qobiliyat o‘qituvchining individual
imkoniyatlarini xa-
rakterlaydi. Bir xil sharoitda qobiliyatli o‘qituvchilar pedagogik mehnat
faoliyatida qobiliyati past o‘qituvchilarga qaraganda ko‘proq ulkan
yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo noshud o‘qituvchi ko‘p
narsaga erisha olmaydi.
Iqtidor va qobiliyat o‘qituvchining amaliy
va nazariy bilimlarni
chuqur egallashda tezroq siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik
faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini ta’minlaydi. Qobiliyatli
bo‘lajak o‘qituvchi mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori natijalarga
erishadi hamda ishlab chiqarishda, fan va texnika jarayonlariga yangilik
kirita oladi.
O‘qituvchining iqtidori va qobiliyati – N.V.Kuzminaning
fikricha,
pedagogik faoliyat talablariga javob beruvchi va ta’lim–tarbiyada
belgilangan maqsadga osonlikcha erishishni ta’minlovchi hamda mehnat
unumdorligini oshiruvchi xususiyatlar majmuasidir. N.V.Kuzmina iqti-
dor va qobiliyat o‘qituvchining mehnat faoliyatiga, izlanayotgan natija-
larni egallashning eng samarali usullarini topishga o‘ziga xos sezgir-
likdan
iborat individual, turg‘un xususiyatlar deb ta’rif beradi va peda-
gogik qobiliyatlarning refleksiv darajasi uch xil turdagi sezgirlikni o‘z
ichiga olishini ta’kidlaydi:
325
tarbiyalanuvchi obyektni his qilishi;
me’yor va xushmuomalalikni his etish;
o‘z kasbiga nisbatan javobgarlikni his qilish.
Dostları ilə paylaş: