O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Ixtisosligi bo‘yicha egallagan bilimlar darajasi



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   284
 
Ixtisosligi bo‘yicha egallagan bilimlar darajasi.
 
O‘qituvchining 
ko‘p yillik pedagogik mehnati kasbiy mahorat bo‘la olmasligi mumkin. 
O‘qituvchining kasbiy mahorati ixtisosligi bo‘yicha egallagan bilimlar 
darajasi va kasbiy tajribalari asosida paydo bo‘ladi. Kasbiy tajribalar o‘z 
kasbidan qoniqmagan, biroq yillar davomida o‘zining xizmat majbu-
riyatlarini sidqidildan bajaruvchi o‘qituvchida ham yuzaga kelishini 
unutmaslik kerak. F.G.Ziyatdinova ma’lumotlariga ko‘ra 80 foiz o‘qi-
tuvchilar u yoki bu darajada, 20 foiz o‘qituvchilar esa to‘liq o‘z ishla-
ridan qoniqmaydilar. Bunday o‘qituvchilarda – hatto ixtisosligi bo‘yicha 
chuqur bilimga ega bo‘lsalar ham, pedagogik mahoratning muhim 
elementlaridan biri – ixtisosligi bo‘yicha bilimlar darajasini ko‘rsatuvchi 
“ijodkorlik tuyg‘usi”, o‘qituvchining o‘ziga xos ruhiy va jismoniy holati 
sifatida shakllanmaydi. 
Bilim va ixtisoslik – nafaqat o‘qituvchining mehnat faoliyatiga 
ta’sir qiluvchi, balki uni, ham to‘liq, ham qisman kasbiy mahoratini 
belgilovchi obyektiv–shaxsiy omillar tizimidagi prinsipial elementlardir. 
O‘qituvchining bilimi uning kasbini belgilovchi diplomi, sifati bilan, 
ya’ni ta’lim muassasalaridagi mehnati jarayonidagi xususiyatlari va 
yutuqlari bilan aniqlanadi. Bilim va ixtisoslik – bu qizg‘in mehnatga 
tayyorgarlik sifatida ta’lim va tarbiyaviy faoliyatning o‘zidir. Bilim va 
ixtisoslikning birligida mehnat, o‘qituvchining tashkilotchiligi va maz-
mun jihatidan mukammal pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Ixtisoslik o‘zgaruvchan va harakatchan jarayondan 


327 
iborat. Pedagogik amaliyotda bu bog‘liqlikning o‘zaro ta’siri haqida 
yetarlicha turg‘un tasavvur yuzaga kelgan: chunonchi, oliy ta’lim – oliy 
ixtisoslik. O‘qituvchilarda fanni o‘qitishning nazariy muammolariga, 
butun fanlarning metodologiyasiga va texnologiyalariga ko‘proq qiziqish 
mavjud. O‘qituvchilarning chorakdan kamroq qismi bilimlar egallash 
darajasiga hayotiy qadriyat sifatida qaraydilar, undan ham kamrog‘i, 
ya’ni 10 foizi – mukammal kasbiy tayyorgarlikni, pedagogik mehnat 
nufuzini oshirishda hal qiluvchi jarayon deb hisoblaydilar.
Bu muammoni his qilgan o‘qituvchilarning bir qismi o‘z ixtisos-
liklari bo‘yicha o‘qitishning mustaqil ijodiy dasturini tuzish yo‘liga 
o‘tadilar va bu bilan ta’lim va tarbiya berish komponentini kengaytira-
dilar. Mehnatda ma’no va ahamiyatni birlashtiruvchi “jonli bilim” 
tushunchasi ana shundan paydo bo‘lgan. Bunda ma’no tushunchasi 
“inson turmushida individual ongning chuqur joylashganini” bildiradi 
(ushbu tushuncha G.G.Shpet tomonidan ta’riflangan), ahamiyat 
tushunchasi esa – ongning jamiyatga, millat ma’naviyati va mafkurasiga 
jalb etilganligini bildiradi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin