329
O‘qituvchilik kasbini o‘zgartirishni istamagan holda, pedagogning
o‘z ish joyini tez–tez o‘zgartirish holatlari alohida tahlil qilinadi.
O‘qituvchining kasbiy turg‘unligi ko‘pincha “ta’lim muassasasiga
bog‘lanib qolganlik” iborasi bilan izohlanadi. O‘z kasbiga nisbatan
mehr–muhabbati tufayli ta’lim muassasasiga bog‘lanib qolish–bu o‘qi-
tuvchilar jamoasi bilan birlashib ketish tuyg‘usi, ta’lim muassasasiga
dahldorlik, javobgarlik hissi, ta’lim muassasasini qadrdon uyi sifatida
qabul qilganligi uchundir. Intellektual darajada ta’lim muassasasiga bog‘-
lanib qolish o‘qituvchilar jamoasining qadriyatlarini, uning istiqbol reja-
larini rivojlantirish g‘oyalarini ongli ravishda qabul qilish, ta’lim muas-
sasasi ma’muriyatining obro‘–e’tibori, yutuq va kamchiliklarini o‘ziniki
deb bilish, jamiyatimiz tomonidan ta’lim sohasida olib borilayotgan
islohotlarni ta’lim muassasasi hayotiga tatbiq etish, ta’lim muassasalarida
zamonaviy talablar darajasida integratsion yangiliklarni, axborot texno-
logiyalarini joriy etishga intilish, sog‘lom turmush tarzini yaratishga
urinishda, bolalarga mehr qo‘yib ular bilan ishlash istagida va boshqa-
larda namoyon bo‘ladi.
Ta’lim muassasasiga qiziqish bilan bog‘lanib qolishlik ishga
kirishuvchanlikni, mehnat faolligini oshirishni, o‘z kasbiga sadoqatli
bo‘lishni, qiziqishni talab etadi. Ayniqsa, faollik – bu o‘qituvchining
atrof–muhit bilan hayotiy muhim aloqalarini ijodiy yo‘naltirish yoki
o‘zgartirishni amalga oshiruvchi xususiy dinamikasidir. O‘qituvchining
faolligi uning subyektivligi ifodasi sifatida ikki yo‘nalishda olib boriladi:
me’yoriy holatlarni yuzaga keltiruvchi jamiyatimiz talablariga tez
moslashuvchanligi (adaptivlik), har qanday salbiy, ziddiyatli holatlardan
chiqishda, qiyinchiliklarni mustaqil ravishda o‘zi engishida, o‘z taj-
ribasiga va bilimlariga tayangan holda yangiliklar yarata olish imko-
niyatini beruvchi kreativligida namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: