316
Demokratik huquqiy jamiyat qurish jarayonida o‘qituvchining o‘r-
ni, vazifalari yosh avlodni tarbiyalash ishiga javobgarligi muhim aha-
miyatga ega. Olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijalar berishini
yetuk va malakali mutaxassislar ta’minlaydi. Ularni voyaga etkazish,
ta’lim–tarbiya berish, o‘qituvchiga yuklatilgan talablarning kun sayin
ortib borishi, ularni hal etish vazifasi o‘qituvchi
mehnatini ilmiy asosda
to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘z pedagogik mehnati jarayonida
qator ta’lim–tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. U avvalo ta’lim muassasalari
o‘quv jarayonining asosiy tashkilotchisi. O‘qituvchi ta’lim – tarbiya jara-
yonida hamda darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilarning
porloq kela-
jagi uchun javobgar shaxsdir. Ushbu ulkan mas’uliyat ijobiy natijalar
berishi uchun o‘qituvchi, avvalo, o‘zining pedagogik mahoratiga tayan-
adi. Pedagogik mahorat shunday bir malakalar yig‘indisidirki, uning
natijasi o‘qituvchi mehnatida va o‘quvchilar xulqi, odobi, tarbiyasida,
kelajakda yetuk mutaxassis kadr bo‘lib yetishishida o‘z aksini topadi.
O‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnati jarayonida pedagogik mahoratning
quyidagi komponentlarini ma’lum darajada o‘zlashtirishi lozim:
-
yoshlar psixologiyasiga oid bilimlarga ega bo‘lishi;
-
nutq madaniyatining barcha turlari va metodlarini bilishi;
-
o‘qituvchi
qobiliyati
(empatiya,
perseptiv,
didaktik,
konstruktiv, kommunikativ, anglash) ning mohiyatini anglashi;
-
aktyorlik mahoratini (mimika,
pantomimika, notiqlik san’ati)
egallashi;
-
o‘z kayfiyatini (hissiy psixik holat) boshqara olishi;
-
tarbiyalanuvchilar bilan muloqot va muomala madaniyatini
o‘zlashtirishi;
-
pedagogik texnika uslublarini o‘z o‘rnida qo‘llay olish
san’atiga ega bo‘lishi.
Ushbu pedagogik mahorat komponentlari mamlakatimizda olib bori-
layotgan islohotlar, ijtimoiy–iqtisodiy talablar mohiyatidan kelib chiqishi
kerak. Milliy mafkura, umummilliy dastur talablari, urf–odat va an’ana-
lar pedagogik mahorat asosida tashkil etiladigan o‘qituvchi mehnatning
asosiy mohiyatida o‘z aksini topishi kerak.
O‘qituvchi mehnatining muvaffaqiyati va samarasi uni ilmiy jihatdan
puxta tashkil etishga, mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir etadigan shart
– sharoitlarga va mehnatni amalga oshirish yo‘llarini to‘g‘ri belgilashga
bog‘liq. O‘qituvchi mehnati doimo ijodkorlik bilan amalga oshiriladi.
Shuning uchun mehnatni amalga oshiruvchi o‘qituvchi avvalo o‘z meh-
317
natini rejalashtirishda, o‘zi puxta egallagan pedagogik mahoratiga va o‘z
ilmiga tayanishi lozim. Hozirgi zamon axborot kommunikatsion texno-
logiyalarining taraqqiyoti davrida o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda
tashkil qilish fan va texnika yutuqlarini o‘qituvchi tomonidan qay dara-
jada o‘zlashtirilishiga ham bog‘liq.
Shu bilan birga o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish
uchun fanlar integratsiyasini, pedagogika va psixologiya fanlarining eng
so‘nggi yutuqlarini muntazam o‘zlashtirib borish shart. Ushbu bilimlar
axborot kommunikatsion texnologiyalari, matbuot, ilmiy jurnallar, ilmiy
adabiyotlar asosida o‘zlashtiriladi.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda vaqtdan unumli
foydalanish, o‘zining keng imkoniyatlarini hamisha hisobga olish, o‘quv
va tarbiya jarayonida har bir daqiqadan unumli foydalanish, vaqtni
bekorga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik muvaffaqiyat garovidir. O‘qituvchi
mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda avvalo:
- o‘z ijodiy imkoniyatlariga ishonishi;
- ta’lim muassasalarida olib boriladigan ta’lim – tarbiya jarayonini
to‘liq tasavvur eta olishi;
- har bir tarbiyalanuvchining ruhiy holatini
puxta bilishi;
- o‘z mehnati mexanizmini, qonuniyatlarini, cheklangan imkoni-
yatlarini yaxshi anglashi;
- ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan
unumli foydalanishni bilishi shart.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish bir maqsad-
ga yo‘naltirilgan ijtimoiy–foydali mehnat bo‘lib, u yuqorida ta’kidlab
o‘tilganlardan tashqari, aql va diqqatni, jismoniy kuchni, shijoat va g‘ay-
ratni talab etadi.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi ularni
mustaqil, erkin faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z fikr–mulohazalarini
aniq va
mukammal bildirishiga, har tamonlama shakllangan komil insonni tar-
biyalashga, o‘z kasbini puxta o‘zlashtiradigan yetuk mutaxassis tayyor-
lashga zamin yaratadi.
O‘qituvchi mehnati ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishida
o‘quvchilar bilan olib borilayotgan faoliyatning quyidagi yo‘nalishlariga
e’tibor berish lozim:
- o‘qituvchi va o‘quvchilarning ikki tomonlama bir-biriga ta’siri
natijalari;
- o‘qituvchining o‘quvchilar jamoasi bilan ishlay olish qobiliyati;
318
- sinf jamoasi faollari bilan olib boriladigan pedagogik faoliyatning
ijobiy natijalari.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishning quyi-
dagi vositalarga e’tibor berish lozim.
Dostları ilə paylaş: