O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Aralash (kombinatsiyalashgan) darslar



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   284
Aralash (kombinatsiyalashgan) darslar
, yoki murakkab tuzilishga 
ega bo‘lgan ushbu dars jarayonida o‘qituvchi quyidagi kombinatsiyani 
qo‘llashi mumkin: 
uy vazifalarini tekshirish va o‘quvchilar bilan savol-
javob, yangi materialni o‘rganish, bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchi-
lar bilimlarini tekshirish va baholash, uyga vazifa berish. 
O‘quvchilarning 
yangi materiallar bilan tanishish
darsi
yoki yangi 
bilimlarni berish (o‘rganish) darsida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar 
mustaqil ish olib boradilar, o‘qituvchi darsning tuzilishi va olib borili-
shini quyidagicha ta’minlaydi: 
yangi materialni o‘rganish uchun asos 
bo‘lgan avvalgi materialni takrorlash, o‘qituvchining yangi materialni va 
darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni tekshirish va mustah-
kamlash, uyga vazifa berish. 
Bilimlarni mustahkamlash va takrorlash
darsida
o‘qituvchi dars-
ning asosiy mazmunini ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashga 
qaratadi. O‘qituvchi asosiy e’tiborni o‘rganilgan mavzularni takrorlash 
tarzida mashg‘ulot olib borishga qaratadi. Tuzilishi bo‘yicha bunday 
darslarni o‘qituvchi quyidagi bosqichda tashkil etadi: 
o‘quvchilarning 
bilish qobiliyatini va tafakkurini tekshirish, og‘zaki va yozma mashqlarni 
bajarish, topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish, uyga vazifa berish. 
O‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish
darslarida 
bevosita o‘qituvchi rahbarligida o‘rganilgan o‘quv materiallaridan mu-
rakkab savollarni takrorlash va tizimlashtirish asosida 
o‘quvchilar tomo-
nidan o‘zlashtirilgan bilimlarning mavjud kamchiliklari to‘ldiriladi va 
o‘rganilayotgan yangi mavzuning muhim g‘oyalari ochib beriladi.
O‘rga-
nilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslarini o‘qituvchi o‘rga-
nilgan mavzuning, bo‘lim yoki o‘quv kurslarining yakunida o‘tkazadi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin