11.5. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi Har qanday ta’lim muassasasida tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida
o‘quvchining faoliyati o‘qituvchining bevosita rahbarligi ostida kechadi.
O‘qituvchining vazifasi pedagogik mahorat imkoniyatlaridan foydalanib,
o‘quvchilarni fan asoslarini chuqur egallashga yo‘naltirish, bilim olishga
va kasbiy mahorat sirlarini bilishga nisbatan qiziqish uyg‘otish, ijtimoiy
borliqqa nisbatan erkin va ongli munosabatni tarbiyalashdan iboratdir.
O‘qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi
bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin va o‘qituvchi o‘zining ijodkorligi,
pedagogik mahorati nuqtai nazaridan ushbu jarayonni tashkillashtiradi:
1)
Rejalashtirish.
2)
Tashkil etish.
3)
O‘quv harakatlari.
4)
Natijalarni baholash va tahlil qilish.
O‘qituvchi faoliyatida
rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki
darslarning rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar
yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ijodiy faoliyat lozim bo‘ladi.
O‘qituvchi mustaqil ravishda o‘quvchilarning tayyorgarliklari darajasini,
ularning o‘quv imkoniyatlarini, moddiy baza holatini, shaxsiy (kasbiy)
imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab
olishi, dars olib borish shakli va metodini ishlab chiqishi kerak.
O‘quvchilarga dars o‘tish faoliyatini
tashkil etish uchun o‘qituvchi
o‘quvchilar oldiga o‘rganilgan mavzu asosida o‘quv masalalarini qo‘yishi
va uni bajarishi uchun imkoniyatlar yaratishi lozim. Bunda o‘quvchi-
larning faoliyati bilim olishdan iborat bo‘ladi. Bilim olish faoliyatining
o‘ziga xos xususiyati faoliyat qonuniyatlariga egaligidir. Bilim olish
borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajribalar asosi-
da xulq-atvor hamda ko‘nikma va malakalarning mustahkamlanib bori-
shi, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borishi jarayoni. Bilim oli-
shning ushbu komponenti ta’limiy xarakterga ega bo‘lgan faoliyat
natijasida rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.