O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/284
tarix27.09.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#149296
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   284
loyihalashtirish
(rejalashtirish) o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini 
boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy 
bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin 
tuzilgan, o‘qituvchi o‘zi uchun boshqarish jarayoni (kimdan va qachon 
so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday 
o‘tish)ni belgilab olishga imkoniyat beruvchi faoliyatdir.
Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar 
 
1. Hozirgi zamon o‘qituvchisining pedagogik fazilati qanday 
bo‘lishi kerak? 
2. Bugungi kun o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan talablar mazmuni 
nimalardan iborat? 
3. Yosh o‘qituvchining darsda pedagogik–psixologik jihatdan tay-
yorgarligi? 
4. O‘qituvchi individual nutq madaniyatiga ega bo‘lishi uchun 
nimalarga e’tibor berishi kerak? 
5. Pedagogik – psixologik muloqot jarayonining asosiy mohiyati 
nimalardan iborat? 
6. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida o‘tiladigan dars turlari 
haqida fikringiz? 
7. O‘qituvchi zamonaviy darslarning qanday kombinatsiyalarini 
bilishi lozim? 
8. Dars jarayonida asosiy maqsadga erishish uchun qanday talablar 
qo‘yiladi? 
9. Zamonaviy ta’limda o‘qituvchilarning asosiy vazifalari nima-
lardan iborat? 
10. Ijodiy kayfiyat nima va u ta’lim – tarbiya jarayonida qanday 
shakllantiriladi? 
11. O‘qituvchining o‘z – o‘ziga ta’sir qilish usullariga ta’rif bering? 
12. O‘qituvchining kasbiy omilkorligini shakllantirish istiqbollari? 
Talabalarning mustaqil tayyorgarligi uchun topshiriqlar 
 
Quyidagi mavzular asosida reja tuzing va o‘zingizning fikr – mulo-
hazalaringizni bildirib, “Mustaqil ish” yozing: 
1. “O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash 
siyosati”. 
2. “Hozirgi kunda o‘qituvchining ta’lim jarayoniga tayyorgarligi”. 


221 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   284




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin