223
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli,
ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p
jihatdan tarbiyachi-o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fido-
yiligiga, yosh avlodga ta’lim berish va barkamol inson darajasida tarbi-
yalab, voyaga etkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq.
Ma’lumki, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi
tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta’-
lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning
dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni
bilimli, odobli, e’tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib
o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan.
Ko‘pchilik yosh o‘qituvchilarda, ta’lim berish mahoratiga qaraganda
tarbiyachilik mahoratini egallash jarayoni qiyin kechadi. Albatta, buning
obyektiv sabablari bor: tarbiya tushunchasi, insonning aqliy imkoni-
yatlarini rivojlantirish, axloqan pok, estetik didli, mehnatsevar qilib tar-
biyalash omili bo‘lib, ta’lim berish ko‘nikmalarini egallashga qaraganda
keng ma’nodagi tushuncha bo‘lganligi uchun doimo ziddiyatlarga va
tasodifiy hodisalarga boy.
Dostları ilə paylaş: