13 – BOB. O‘QITUVCHINING TARBIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA FAOLIYAT OLIB BORISHI Tayanch tushunchalar : Tarbiyaviy texnologiya; komil inson tarbiyasi; barkamol avlod tarbiyasi; tarbiyaning yaxlitligi; tarbiyaning davriyligi; didaktika; umuminsoniylik me’yorlari; tarbiyaning texnologiyaviyligi; dolzarb rivojlanish hududi; modellashtirish; tarbiyaviy reja; biologik omillar; norasmiy etakchi; tarbiyaviy jarayonni modellashtirish; tarbiya maz- muni; g‘oyaviy – siyosiy tarbiya; tarbiya qonuniyatlari; tarbiyaning uzluksizligi; tarbiyada to‘g‘ri va teskari aloqa; o‘z-o‘zini anglash; iroda erkinligi; pedagogik talab; o‘rgatish; tarbiyalanadigan holatlar. 13.1. Hozirgi kunda barkamol shaxsni tarbiyalash muammolari Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda avvalo o‘qituvchilar zim-
masiga yuklatilgan eng olijanob vazifadir. I.A.Karimov Oliy majlisning
IX sessiyasida so‘zlagan nutqida shunday deydi:
“Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq- atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz”. Komil inson, o‘qituvchining mashaqqatli mehnati namu-
nasidir. Sharq allomalari ilmiy meroslarida ham komil inson tarbiyasi
doimo munozarali mavzu bo‘lib kelgan. Jumladan, mashhur alloma
Aziziddin Nasafiy o‘zining “Komil inson” nomli kitobida shunday yoza-
di:
“Bilgilki, komil inson quyidagi to‘rt fazilatga mukammal shaklda ega bo‘lgan insondir. Ularning birinchisi yaxshi so‘z, ikkinchisi ezgu faoliyat, uchinchisi go‘zal axloq, to‘rtinchisi ilm”. Ushbu mukammal shakllarga
ega bo‘lgan inson buyuk davlatimiz poydevorini, farovon hayot asoslarini
qura oladi. Komil insonni tarbiyalash va voyaga etkazish jarayoni –
pedagogik faoliyatning uzluksiz jarayoni bo‘lib, pedagogik texnolo-
giyaning so‘nggi namunalari doirasida amalga oshiriladigan hamda
tarbiyalanuvchilarning ijobiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish
maqsadlariga qaratilgan tashkiliy faoliyatdan iborat. Bu faoliyatda
o‘qituvchi tarbiyaviy jarayonning quyidagi asosiy xususiyatlarini bilishi
kerak: